×

Multimedia University: magistratura bosqichida bepul o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

16.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

3012 marta

Malayziyada joylashgan Multimedia University oliygohi MMU High Achievers Scholarship grant dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Multimedia University oliygohida o’qitiladigan magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Universitetga ro’yhatdan o’tish to’lovidan ozod etiladi;
  • To’lov kontraktidan to’liq ozod etiladi;
  • Imtixon to’lovlaridan ozod etiladi;
  • Talabalik faoliyatiga oid barcha to’lovlardan ozod etiladi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod Multimedia University oliygohining magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Magistratura kursi qabul talablari bilan bu yerda  to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga ya’ni birinchi darajali diplom bilan tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi. 
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq. 
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 80 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.  

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi. Multimedia Universiteti magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Hujjat topshirish jarayonida nomzod grant uchun davogar ekanligini ko’rsatib o’tishi lozim. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi. Kursga qabul muddati kurs yo’nalishlariga qarab farqlanishi mumkin. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar 
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun isr@mmu.edu.my   elektron manziliga yoki +603-83125803/5092 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!