×

Murray Edwards College – magistratura va PhD tadqiqotchilari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2020 marta

Angliyaning University of Cambridge oliygohi Murray Edwards College magistratura (MPhil) va PhD bosqichiga falsafa, huquqshunoslik va klassika (classics) yo’nalishlari bo’yicha hujjat topshirgan tadqiqotchilarga Stephan Korner Graduate Studentship grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar 2019-2020-o`quv yilida shu maktabga o’qishga hujjat topshirgan tadqiqotchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya magistratura talabalari uchun bir yilga va doktorantura tadqiqotchilari uchun uch yilga beriladi. Grant dasturidan maqsad mahalliy va xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash. Dasturga Murray Edwards Collegening quyidagi bo’limlariga hujjat topshirgan talabalar ariza bera oladilar:

  • School of Arts and Humanities
  • Faculty of Classics
  • School of Humanities and Social Sciences
  • Department of History and Philosophy of Science
  • Faculty of Law
  • Institute of Criminology
  • Lauterpacht Centre for International Law

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan tadqiqotchilarga magistratura talabalari uchun 1 yilga va doktorantura tadqiqotchilari uchun uch yilga 3 000 funt sterling (tahminan 3 900 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Dastur doirasida 1 va undan ortiq talabaga grant ajratish mo’ljallangan.

Grant kontraktni qisman kamaytiradi. Shuningdek, nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod grantga ariza berishdan avval University of Cambridge oliygohi Murray Edwards College magistratura (MPhil) va PhD bosqichiga falsafa, huquqshunoslik yoki klassika (classics) yo’nalishi bo’yicha hujjat topshirgan boʻlishi zarur.
  4. Arizasida Murray Edwards College’ni birinchi tanlov sifatida ko’rsatgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  5. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  6. Dasturga kunduzgi tartibda o’qiydigan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.
  7. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Universitetning Murray Edwards College magistratura (MPhil) va PhD bosqichiga falsafa, huquqshunoslik yoki classika (classics) yo’nalishi bo’yicha hujjat topshirgan ariza beruvchilarning barchasi grant uchun nomzod deb hisoblanadilar. Ammo, dasturda ishtirok etish uchun nomzod arizasida Murray Edwards College’ni birinchi tanlov sifatida ko’rsatgan bo’lishi kerak. Oliygohga arizalar Applicant Portal orqali topshiriladi. Hujjatlar 2019-yil 30-mayga qadar qabul qilinadi. Grant natijalari 2019-yil 28-iyunda eʼlon qilinadi.

Hujjatlarning tahminiy tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: bu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Bogʻlanish uchun:

Telefon: +44 (0) 1223 763165

Elektron pochta: graduate.administrator@murrayedwards.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!