×

AQSh: bakalavriat va magistratura uchun 11000 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

6149 marta

AQShda joylashgan Murray State University’ning bakalavr va magistratura kurslari uchun ajratilgan International Leadership Scholarships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur shu universitetning ko’rsatilgan kurslariga o’qishga qabul qilingan bakalavr va magistratura talabalariga ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Universitetda o’qitiladigan barcha bakalavriat kurslari haqida bu yerda, magistratura kurslari haqida batafsil esa bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Leadership Scholarships grant dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga bakalavr kursi uchun 4 yil davomida yiliga 10000 AQSh dollari, magistratura kursi uchun yiliga 11307 AQSh dollari miqdoridagi grant beriladi. Grantlar kontrakt to’loviga yo’naltirish uchun ajratilgan. Turli kurslar kontrakt to’lovlari miqdorlari bilan bu yerda tarnishing.

Talablar:

Grantlar o’zida yuksak yetakchilik qobiliyati va akademik potensialni ko’rsata olgan talabalarga beriladi. Grant yutib olish uchun nomzod oldin universitetdagi kurslardan biriga hujjat topshirishi va o’qishga qabul qilinishi kerak. Kurslarga qabul talablari quyidagicha:

Bakalavriat:

  1. Nomzod ingliz tilini bilishi kerak. O’qishga qabul qilinish uchun barcha nozmodlar IELTS’dan kamida 6.0, TOEFL IBT’dan kamida 71 yoki TOEFL PBT’dan kamida 527 ball olgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzodlar SAT testidan kamida 910 ball to’plagan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod yuqori maktab (kollej, litsey)ni tamomlagan va yaxshi baholarga o’qigan bo’lishi kerak.

Magistratura:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. O’qishga qabul uchun minimal talablar bakalavr kurslari uchun til bilish talablari bilan teng.

Nomzod bakalavr bosqichini yaxshi yoki a’lo baholar bilan tamomlagan bo’lishi kerak

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetdagi kurslardan biriga ariza topshirish zarur.  Ariza berish uchun 50 AQSh dollari to’lovni amalga oshirish zarur bo’ladi. Kursga ariza berish jarayonida nomzoddan baholar, diplomlar va shu kabi hujjatlar bilan bir qatorda shaxsiy bayonot (personal statement) va ikkita tavsiyanoma ham talab etiladi. Kurslarga hujjat topshirish bo’yicha batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Kursga ariza topshirib, barcha kerakli hujjatlarni taqdim etgach, grant uchun onlayn ariza berish kerak. Grantga arizalar 2018-yil 15-martgacha qabul qilinadi va natijalar 31-mart kunigacha e’lon qilinadi. Kurslarga qabul esa 31-maygacha davom etadi.

Ma’lumot uchun msu.intl@murraystate.edu electron manzili yoki  + 1 270 809 4223 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!