Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabrigacha “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov eʼlon qilindi.
Tanlovga materiallar quyidagi yoʻnalishlarda taqdim etilishi mumkin:
- badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
- tasviriy sanʼat (portret, peyzaj va boshqa);
- media mahsulot (foto, audio va video materiallar).
Grant kimlar uchun?
Barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov gʻolibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
Materiallarni baholash va gʻolibni aniqlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
- mavzu mohiyatini toʻgʻri tushunganlik;
- holatni yoritishda taʼsirchan ifoda;
- original yondashuv.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga ishlar 2022-yil 10-sentabrgacha qabul qilinadi. Ishlar @mustaqilliktanlovibot Telegram boti orqali qabul qilinadi. Ishni yuborganda ism-familiya va bogʻlanish uchun telefon raqamingizni ham yozib qoldiring.