Yaponiyada joylashgan International University Japan tomonidan taqdim etiladigan Nakayama Memorial Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet magistratura kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi. Universitet menejment va xalqaro aloqalar fakultetlaridan tashkil topgan. Mavjud magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Nakayama grantlari nomzodning natijalariga asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
- Nakayama 100 Premium: o’qish to’lovidan to’liq ozod qilinadi, oyiga 50 000 yen stipendiya (478 AQSh dollari), oziq-ovqat va yotoqxona xarajatlari qoplanadi. Hujjat topshirish to’loviga chegirma qilinadi.
- Nakayama 100 A: o’qish to’lovidan to’liq ozod qilinadi. Hujjat topshirish to’loviga chegirma qilinadi.
- Nakayama 100: o’qish to’lovidan to’liq ozod qilinadi.
- Nakayama 90: o’qish to’lovining 90% qismi qoplab beriladi.
- Nakayama 70: o’qish to’loviga 70% chegirma qilinadi.
- Nakayama 50: o’qish to’loviga 50% chegirma.
- Nakayama 30: o’qish to’loviga 30% chegirma.
- Nakayama Plus: yotoqxona to’loviga har oy 20 000 yen chegirma (191 AQSh dollari).
Hujjat topshirish to’lovi (admission fee) o’qishga kirgan talabalar tomonidan to’lanadigan 1 martalik to’lov. Miqdori 300 000 yen. Nakayama 100 Premium, 100 Plus va Nakayama 100 A grantini yutib olgan talabalar shu to’lovning 250 000 yen (2394 AQSh dollari) qismidan ozod qilinadi.
Talablar:
- Nomzod 16 yil ta’lim olgan bo’lishi, bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur. 16 yillik ta’limga bakalavr kursining 4 yili ham qo’shib hisoblangan.
- Nomzodning baholari qanchalik yuqori bo’lsa, erishgan yutuqlari qanchalik ko’p bo’lsa, grant yutish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo’ladi.
- Barcha magistratura kurslari ingliz tilida o’qitiladi, shuning uchun nomzod IELTS (6,5), TOEFL (IBT 80), TOEIC (800) testlari sertifikatlariga ega bo’lishi zarur.
- Nomzod tadqiqot uchun mavzu tanlagan bo’lishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant va magistratura kurslariga baravar ariza beriladi. Magistratura kursi uchun ariza to’ldirishda onlayn arizaning 2- qismida grant haqida ma’lumot bo’ladi.
Magistratura kurslariga arizalar bu yerda topshiriladi. 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslarga hujjatlarni:
- Menejment fakulyeti (GSIM) uchun 9-maygacha;
- Xalqaro aloqalar fakulteti (GSIR) uchun 25-martgacha topshirish mumkin.
Hujjat topshirish jarayoni haqida maxsus nizomda batafsil ma’lumot berilgan.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza
- Shaxsiy bayonot (personal statement)
- Tadqiqot mavzusi
- Diplom va baholar
- Ingliz tili sertifikati
- GMAT sertifikati (faqat menejment fakulteti kurslari uchun)
- Pasport nusxasi
- Ariza to’lovi (5 000 yen – 48 AQSh dollari).
Ma’lumot uchun:
admgsir@iuj.ac.jp (xalqaro aloqalar fakulteti)
admgsim@iuj.ac.jp (menejment fakulteti)
Qo’shimcha ma’lumot uchun ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.