×

Namangandagi Amerika Burchagidan “Peer-to-Peer” volontyorlik dasturi!


Grant

MUHLAT

24.05.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2292 marta

Namangan shahridagi Amerika Burchagi (American Corner Namangan) har qanday yaxshi ingliz tili koʻnikmasiga ega boʻlgan nomzodlarni volontyorlik dasturiga taklif etadi.

Dastur Namangan shahridagi Amerika Burchagida boʻlib oʻtadi va 6 oy davom etadi. Dastur 2024-yil 1-iyundan boshlanishi rejalashtirilgan.

Dasturga qabul qilingan nomzodlardan nimalar talab etiladi:

  • Burchakka tashrif buyuruvchilarni kutib olish va roʻyxatdan oʻtkazish
  • Tashrif buyuruvchilarga kutubxonadan va burchakdagi texnologik qurilmalardan foydalanishga yordam berish
  • Boshqaruv vazifalarida yordamlashish
  • Ingliz tili dasturlarini tashkillashtirish va yurgizish

Namangandagi Amerika burchagi – bu madaniy dasturlar va axborot olish markazi boʻlib, u yerda ingliz tili oʻrganishni takomillashtirish mumkin. Burchakda zamonaviy texnologik asbob-uskunalar, jumladan, ingliz tilidagi manbalar va kitoblar mavjud. Shuningdek, unda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olmoqchi bo’lganlarga bepul maslahat beruvchi ‘’EducationUSA’’ markazi ham bor. Burchakda mamlakatga tashrif buyurgan amerikalik mutaxassislar bilan muntazam uchrashuvlar  bo’lib o’tadi.

Eslatma: Qabul qilinganlar Namangandagi Amerika Burchagida haftasida 6 soat amaliyot oʻtaydi. Agar Namangan viloyatida yashamasangiz va dastur davomida shaxsan Amerika Burchagiga borib amaliyot oʻtay olmasangiz, bu dasturga topshira olmaysiz.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tilini bilish darajasi qoniqarli boʻlgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega bo’ladi:

  • Amerikalik mutaxassislar va FLEX (Kelajak Liderlar Almashinuvi Dasturi) bitiruvchilari tomonidan o’tkaziladigan trening va ijtimoiy ko’nikmalarni oshirishga qaratilgan kurslarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar uchun sertifikat va tavsiyanoma.
  • Ingliz tili ko’nikmasini native speakerʼlar yordamida oshirish.
  • Doʻstona muhit va tanish orttirish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qo’yilgan talablar quyidagicha:

  • Tartibli, tirishqoq va intiluvchan boʻlish lozim.
  • Qoniqarli ingliz tili ko’nikmasiga ega boʻlish kerak.
  • Microsoft Office, Canva, va CapCut dasturlaridan yaxshi foydalana olish qo’shimcha afzallik hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Ariza shaklini topshirish. Bunda nomzodlar maxsus ariza shaklini ingliz tilida to’ldirishi va topshirishi kerak. Arizalar 2024-yil 24-maygacha topshirilishi lozim.

2-bosqich: 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o’tganlar bilan yuzma-yuz suhbat qilinadi.  Suhbat 204-yil 29-30 may kunlari bo’lib o’tadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tganlar dasturga qabul qilinadi.

Yakuniy natijalar 2024-yil 31-may kuni e’lon qilinadi va dastur 2024-yil 1-iyundan boshlanadi.

Dastur bo’yicha savollar bilan quyidagi email manzillariga murojaat etish mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!