×

Nami Concours tanlovi: istalgan mavzuda ilyustratsiya chizib, 10 000 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

30.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1695 marta

Nami Island tomonidan tashkil etilgan, har 2 yilda bir marta o’tkaziladigan Nami Concours 2021 ilyustratsiyalar tanloviga arizalar qabul qilinadi. Tanlovda ilyustratsiya yaratishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin. 

Ishtirok etish istagidagi ijodkorlar bir voqea, hikoya yoki fikrni ifodalab beruvchi, bir-biriga mazmunan bog’langan 5 ta ilyustratsiya yaratishlari lozim. Bu ilyustratsiyalar rasmli kitob sifatida jamlash maqsadida yaratilishi lozim. Tanlovga istalgan mavzudagi ilyustratsiyalar qabul qilinadi. 

Janubiy Koreyadagi Nami orolida joylashgan mehmonxonalardan birida Nami ilyustratsilayalar tanlovida 2015-yildan buyon g’olib deb topilgan asarlar saqlanib, har bir xona shu asarlar bilan bezatilgan. 2021-yilgi Nami Concours tanlovi g’olibining ilyustratsiyalari ham yana bir xona devorlariga keyinchalik chizib, bezatiladi. Undan tashqari, g’olib ilyustratsiyalar katalog va galereyalarda namoyish qilinadi.

Tanlovda o’tgan yil g’olib chiqqan ilyustratsiyalarni bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Ilyustratsiya chizishga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Bosh sovrin – 10 000 AQSh dollari pul mukofoti va faxriy yorliq.
  • Golden Island mukofoti – 5000 AQSh dollari pul mukofoti va faxriy yorliq.
  • Green Island mukofoti – 2000 AQSh dollari pul mukofoti va faxriy yorliq.
  • Purple Island mukofoti – sertifikat va va faxriy yorliq.

Talablar:

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Bir ishtirokchi bir voqeani/fikrni aks ettiruvchi 5 ta ilyustratsiya taqdim etishi lozim. Hajmi – jami 20 MB dan oshmasligi zarur. Format: JPG yoki JPEG.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 1-dekabrdan boshlab 30-dekabrgacha ariza topshirish mumkin. Hujjatlar 1-dekabrdan boshlab bu yerda qabul qilinadi (hozir hujjat topshirish sahifasi yopiq). Bu vaqtga qadar tanlov uchun ishlarni tayyorlash tavsiya etiladi. Natijalar fevral oyida e’lon qilinadi. 

Murojaat uchun: info@namiconcours.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!