Xitoyning Tianjin shahrida joylashgan Nankai Tadqiqot Universiteti chet ellik talabalarga Nankai University Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan barcha darajadagi barcha kurslar uchun beriladi. Ushbu dasturdan asosiy maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Universitetda ko’plab yo’nalishlarda bakalavr, magistratura va doktorantura kurslari mavjud. Universitetda o’qitiladigan kurslar haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr, magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantning qiymati bakalavr bosqichidagi talabalarga yiliga 10 000 CNY (taxminan 1 453 AQSh dollari) hamda magistratura va doktarantura yo’nalishidagi talabalarga yiliga 15 000 CNY (taxminan 2 179 AQSh dollari)ni tashkil etadi.
Talablar:
- Nankai University Scholarship dasturiga hujjat topshirish uchun avvalo, nomzod mazkur universitetda mavjud biror kursga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod xitoylik bo’lmasligi kerak.
- Diplom va baholar ingliz yoki xitoy tilidagi tarjimalari bilan (bakalavr kursiga hujjat topshirayotganlar maktab attestati, magistraturaga hujjat topshirayotganlar bakalavr diplomi hamda magistraturaga hujjat topshirayotganlar magistratura diplomi va baholarini taqdim etishlari kerak).
- Nomzod ingliz yoki xitoy tilini bilishi kerak. Ingliz tilida o’qishni hohlovchilardan IELTS 6.0dan va TOEFL 87dan baland bo’lishi kerak. Xitoy tilini asosiy o’qitish tili deb tanlagan nomzodlardan esa HSK 4 va undan baland ball talab etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Universitetga hujjat topshirish uchun quyidagilar talab etiladi (har biri 2 ta nusxadan):
- Ariza.
- Diplom va baholar ingliz yoki xitoy tilidagi tarjimalari bilan (bakalavr kursiga hujjat topshirayotganlar maktab attestati, magistraturaga hujjat topshirayotganlar bakalavr diplomi hamda magistraturaga hujjat topshirayotganlar magistratura diplomi hamda baholarini taqdim etishlari kerak).
- Shaxsiy bayonot. Unda o’qish yoki tadqiqot rejasi, nomzodning moliyaviy ahvoli, kuchli tomonlari yoritilgan bo’lishi kerak. Hujjat magistratura va doktarantura uchun kamida 800ta so’z hamda bakalavr bosqichi uchun kamida 300ta so’zni tashkil qilishi kerak.
- Bakalavr kursi uchun bitta, magistratura va doktarantura uchun Ikkita tavsiyanoma.
- Nomzod ingliz yoki xitoy tilini bilishi kerak. Ingliz tilida o’qishni hohlovchilardan IELTS 6.0dan va TOEFL 87dan baland bo’lishi kerak. Xitoy tilini asosiy o’qitish tili deb tanlagan nomzodlardan esa HSK 4 va undan baland ball talab etiladi. Xitoy tilidan yetarlicha ball to’play olmagan yoki xitoy tilini bilmaydigan nomzodlarga universitet tomonidan 2 oylik va 1 yillik stipendiyali kurslar taklif qilinishi mumkin.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
- Passport nusxasi.
- Arizani ko’rib chiqish uchun to’lov. Bakalavr kurslari uchun 400 CNY (75$), magistratura va doktarantura uchun 600 CNY (100$)
- Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim etilishi zarur.
Hujjatlar quyidagicha topshiriladi:
- Barcha hujjatlar universitetning International Student Office ga 2019-yilning 15-iyunidan kechiktirmay topshirilishi kerak.
- Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarga suhbat tayinlanadi. Bu haqida nomzodning electron pochtasiga habar jo’natiladi.
- Barcha bosqichlardan omadli o’tib, universitetga qabul qilingan talabalar ro’yxati Foreign Students Admission Committeega yuboriladi va shundan keyingina ular grant uchun nomzod hisoblanadilar.
- Natijalar iyun oyining ohirlarida e’lon qilinadi.
- Natijalar e’lon qilingach, omadli nomzodlarga universitetga qabul qilinganlik to’g’risidagi xat, JW202 viza shakli va boshqa zaruriy hujjatlar jo’natiladi.
Murojaat uchun :
Telefon: +86 22 23508686/8825
Faks: +86 22 23509646
Email: nankaiss@163.com