×

Nanyang Technological University: bakalavr kursida bepul o’qish imkoniyati, o’quv va turar-joy xarajatlari qoplanadi


Grant

MUHLAT

21.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

2895 marta

Avstraliyaning Brisben shahrida joylashgan Nanyang Technological University oliygohi Fully funded International undergraduate Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Nanyang Technological University oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash. 

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • To’lov kontraktidan ozod etiladi;
  • O’qish davomida yashash xarajatlari uchun 4758 AQSH dollari (6500 Singapur dollari);
  • Turar-joy xarajatlari uchun 1464 AQSh dollari (2000 Singapur dollari);
  • Kompyuter ta’minoti uchun bir martalik 1281 AQSh dollari (1750 Singapur dollari);
  • O’qish davridagi sayohatlar uchun 3660 AQSh dollari (5000 Singapur dollari);

Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. 

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod Nanyang Technological University oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr bosqichi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.  
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 7 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. TOEFL sertifikati qabul qilinmaydi. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun 2021-yil 21-fevraliidan kechikmasdan onlayn tarzda ariza to’ldirib jo’natilishi lozim. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. 

Kursga hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim). 
  • ACT va SAT test natijalarini ko’rsatuvchi sertifikat (majburiy emas)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun ugscholarships@ntu.edu.sg  elektron manziliga yoki +6567911744 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!