×

National Chiao Tung University: barcha bosqich kurslarini Tayvanda bepul o’qish uchun grant va 1035 AQSh dollarigacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

05.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tayvan

O'QILGAN

2087 marta

Tayvanda joylashgan National Chiao Tung University (NCTU) tomonidan taqdim etiladigan NCTU International Student Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar NCTU bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli xorijlik talabalarga beriladi. Bu yerda xorijlik talabalar hujjat topshirishi mumkin bo’lgan kurslar ro’yxati ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bakalavr kursi uchun grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod etiladi va/yoki NT 21000 (749 AQSh dollari) oylik stipendiyaga ega bo’ladi.

  • Magistratura kursi uchun grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod etiladi va/yoki NT22000 (785 AQSh dollari) oylik stipendiyaga ega bo’ladi.
  • Doktorantura kursi uchun grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod etiladi va/yoki NT 29000 (1035 AQSh dollari) oylik stipendiyaga ega bo’ladi.

Bunda grantlar bir yil muddatga beriladi. Birinchi o’quv yili yakuniga yetgach, talaba grant uchun qaytadan ariza topshirishi va yana shunday miqdorda grant yutib olishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr kursi uchun maktab/litsey/kollej shahodatnomasi yoki diplomiga, magistratura kursi uchun bakalavr diplomiga, doktorantura kursi uchun magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz yoki xitoy tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod ko’plab ilmiy va darsdan tashqari yutuqlarga erishgan, ijtimoiy va akademik jihatdan faol shaxs bo’lishi kerak.
  • Qabul uchun boshqa talablar hujjat topshirilayotgan kursdan kelib chiqib belgilanadi, shuning uchun o’zingizga kerakli kurs ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, NCTU kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslarga arizalar 2021-yil 5-martgacha qabul qilinadi. Arizalar bu yerda to’ldiriladi. Kerakli hujjatlar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.

Murojaat uchun admit_ia@nctu.edu.tw elektron manziliga xabar yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!