×

National Geographic’ning grant dasturi


Grant

MUHLAT

03.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2044 marta

National Geographic jamiyatining yosh va tajribali mutaxassislar uchun ajratgan loyihalar grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar o’z sohasida ishlashni ham yaqinda boshlagan, ham tajribali mutaxassislarga beriladi. Grant bir yil yoki undan kam vaqt davomida amalga oshiriladigan loyihalarga ajratiladi.  Yosh mutaxassislar uchun ajratilgan grantlar “Early Career Grants” deb, tajribaliroq mutaxassislar uchun ajratilgan grantlar esa “Exploration Grants” deb ataladi.

Grant kimlar uchun?

Tabiatni o’rganishga qiziquvchi mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Agar nomzod Early Career grantini grant yutib olsa, unga 5000 AQSh dollaridan 10000 AQSh dollarigacha grant beriladi. Juda ko’p mablag’ talab qilmaydigan va bir yildan ko’p vaqt olmaydigan loyiha ishlab chiqish nomzodning majburiyatidir.
  2. Agar nomzod Exploration Grant yutib olsa, uning loyihasini moliyalashtirish uchun 10000 AQSh dollaridan 30000 AQSh dollarigacha mablag’ Bu grant uchun ham loyihalar 1 yildan ko’p davm etmasligi zarur.

Talablar:

National Geographic’dan grant yutib olmoqchi bo’lgan nomzodlar va ularning loyihalariga quyidagi talablar qo’yilgan:

  1. Nomzodning yoshi 18 yoki undan katta bo’lishi lozim. Yosh masalasida boshqa cheklov yo’q.
  2. Early Career grant dasturiga hujjat topshirayotgan nomzodlarning ish tajribasi 5 yildan oshmasligi, Exploration grant dasturi nomzodlarining ish tajribalari esa 5 yildan kam bo’lmasligi kerak.
  3. Agar nomzod hujjat topshirilayotgan grantni oldin ham yutgan bo’lsa, avval shu loyihasini to’liq tamomlab olishi zarur.
  4. Topshirilayotgan hujjatlar va materiallarning barchasi ingliz tilida bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ishlab chiqqan loyiha hujjat topshirish muhlati tugagadan kamida 6 oydan keyinboshlanishi zarur, shunda agar grant yutilsa moddiy ta’minot nomzodga o’z vaqtida yetib keladi.
  6. Loyihalarda guruhlar ishtirok etishi mumkin, lekin loyihaning guruh yetakchisi taqdim etadi, arizani ham u to’ldiradi. Yetakchi sifatida faqat bitta loyiha taqdim etish mumkin, lekin boshqa loyihalarda yetakchi emas, guruh a’zosi sifatida qatnashish mumkin.
  7. Loyihani olib boradigan shaxsgina ariza topshirishi mumkin. u biror tashkilot nomidan loyiha topshirgan taqdirida ham arizani o’zi to’ldirishi va o’z ma’lumotlarini berishi zarur.
  8. Grantga barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin. Agar nomzod loyihasini o’z yurtidan tashqarida olib boradigan bo’lsa, u yashaydigan davlatda hech bo’lmasa bitta guruh a’zosi yoki mahalliy hamkor bo’lishi va uning ism-sharifi va ma’lumotlari taqdim etilishi kerak. National Geographic viza masalalariga aralashmaydi.
  9. Grant uchun topshiriladigan loyihalar innovativ, dangal va foydali bo’lishi kerak. Loyihalar yovvoyi tabiat, insoniyat, sayyoradagi o’zgarishlar haqida bo’lishi mumkin. Undan tashqari loyihalar tabiatni asrash, himoya qilish, tadqiqot, ta’lim, voqea so’zlab berish va texnologiya yo’nalishlariga bag’ishlanishi zarur. National Geographic shu yo’nalishlardagi loyihalar uchun eng ko’p grant ajratad. Batafsil ma’lumot bu yerda. Loyihalarni qanday tayyorlash bo’yicha ma’lumot esa bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn ariza topshirish orqali amalga oshiriladi. Onlayn ariza formasini olish uchun link olib boradigan sahifadagi “Apply Now” tugmasini bosib, u yerda paydo bo’ladigan oynadagi shartlarga rozi bo’lish va “I agree” tugmasini bosish va saytdan ro’yxatdan o’tish kerak. Grant yutib olgan nomzodlar keyinchalik boshqa hujjatlarni taqdim etishlari so’raladi. Bu hujjatlar bilan rasmiy vebsayt orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Nomzodlar olib boradigan loyihalarning mavzulari quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Documenting Human Migrations. Bunday loyihalar voqelikni ko’rsatib berish va o’rgatish orqali dunyoda qochoqlar va immigrantlarni qo’llab-quvvatlashni targ’ib qilishi kerak.
  2. Uncovering Human Origins in Asia and Africa. Bu mavzudagi tadqiqot loyihalari Osiyo va Afrikadagi inson rivojlanishini ochib berishi zarur. Loyihalar hali organilmagan yoki kam o’rganilgan qismlar uchun bo’lsa yanada yaxshi.
  3. Species Recovery. Bundan loyihalar Jahon Tabiatni Muhofaza Qilish Birlashmasining harakatlar rejasini amalga oshirish va tabiatni asrashga qaratilgan bo’lishi zarur.
  4. Big Cats Conservation. Bu yo’nalishdagi loyihalar mushuksimonlarni muhofaza qilishga bag’ishlanadi.
  5. Making The Case For Nature. Bunday loyihalar dunyo bo’ylab tabiatni asrashn targ’ib qilishga qaratilishi kerak.
  6. Reducing Marine Plastic Pollution. Bu mavzudagi loyihalar plastik chiqindilarning okeanga tarqalishi oldini olishning innovativ usullariga bag’ishlanishi zarur.
  7. Participatory Science. Bunday loyihalar fan va tabiat bog’liqligiga bag’ishlanadi.
  8. Conservation Techniques. Bu mavzudagi loyihalar National Geographic’ning dunyoni o’rganish va asrash yo’lidagi harakatlarini yanada samaraliroq olib borish uchun xizmat qiladigan usullarni kashf qilishga qaratiladi.
  9. AI for Earth. Bu mavzudagi loyihalar mashinalar va texnologiya orqali yer sayyorasini kuzatish va tartibga solishni yaxshilashga qaratiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!