×

National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi; mukofot – 5000 funt-sterlinggacha!


Grant

MUHLAT

31.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

5195 marta

Buyuk Britaniyaning Sheʼriyat hamjamiyati navbatdagi National Poetry Competition sheʼrlar tanlovi boshlanganini eʼlon qildi. Mazkur tanlovda istalgan davlatdan boʻlgan professional va havaskor shoirlar qatnasha oladi. Sheʼrlar 40 qatordan oshmasligi va ingliz tilida topshirilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Kamida 18 yosh boʻlgan barcha havaskor va professional shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari odatda quyidagicha taqdirlanadi (vaziyatga qarab bu miqdorlar biroz oʻzgarishi mumkin):

  • 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
  • 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
  • 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
  • Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 200 funt-sterling.

Talablar:

Nomzod va topshiriladigan ishlarga boʻlgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarolari qatnasha oladi.
  • Havaskor shoirlar ham, professional shoirlar ham ishtirok eta oladi.
  • Ishtirokchilar ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh boʻlishi lozim.
  • Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.
  • Sheʼrlar 40 qatordan oshib ketmasligi kerak (sheʼr nomi qatorlar hisobiga kiritilmaydi).
  • Sheʼrlar uchun alohida format belgilanmagan. Istalgan format, janrdagi sheʼrlarni topshirish mumkin.
  • Bitta ishtirokchi istalgancha sheʼr topshirishi mumkin – bir muallif uchun topshirish mumkin boʻlgan sheʼrlar soni cheklanmagan.
  • Sheʼrlar anonim boʻlishi va unda shoirning ismi boʻlmasligi lozim.
  • Sheʼrlar muallifning oʻziga tegishli boʻlishi lozim.
  • Topshirilgan sheʼrlar bundan oldin va 2024-yil 31-martiga qadar biror nashrda, veb-saytda, ijtimoiy tarmoqda va boshqa ochiq platformalarda eʼlon qilinmagan boʻlishi / eʼlon qilinmasligi kerak.
  • AI (sunʼiy intellekt) tomonidan yaratilgan sheʼrlarni topshirish taqiqlanadi.

Tanlovda ishtirok etish pullik. Bitta muallifning 1-sheʼri uchun 8 funt sterling, undan keyingi sheʼrlarining har biriga 5 funt-sterlingdan toʻlov qilinishi kerak. Faqat 1 ta sheʼr topshirganlar 8 funt-sterling toʻlov qiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga sheʼrlar onlayn shaklda 2023-yilning 31-oktyabrigacha qabul qilinadi. Sheʼr topshira olish uchun avval tanlov saytida hisob (akkaunt) ochish kerak.

Gʻoliblar 2024-yilning fevralida eʼlon qilinadi va 2024-yilning bahorida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

MUHIM: Tanlovda ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlov qoidalari va koʻp beriladigan savollarni oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan support@poetrysociety.org.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!