×

National University of Singapore: magistraturada o’qish uchun to’liq grant va oylik 1 500 Sungapur dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

13.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

6120 marta

Singapurdagi National University of Singapore (NUS) oliygohi 2020–yil yanvarda boshlanadigan magistratura (research) kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilarga NUS Research Scholarship  grant dasturini e’lon qiladi. Stipendiyalar oliygohning magistratura (research) kurslaridan biriga qabul qilingan/o’qiyotgan mahalliy va xorijlik tarqiqotchilar uchun ajratiladi. Dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash va moddiy jihatdan rag’batlantirishdir. Hujjat topshirish muhlati tanlangan yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin. Eng kechi 2019-yilning 13-sentabri hisoblanadi.

Nomzodlar SHU YERDA keltirilgan yoʻnalishlardan birini (faqat “Research” dasturi boʻyicha) tanlashi mumkn.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Talaba oliygohda bepul o’qish imkoniga ega bo’ladi.
  • G’olibga oyiga 1 500 Singapur dollari (taxminan 1 090 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Grantlar dastlab 1 o’quv yili uchun berilib, grant talablari bajarilganida keyingi semestrlarga ham uzaytirilishi mumkin. Grantning umumiy davomiyligi 2 yil.

NUS oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzodning bakalavr diplomi Second Class Honours (2:1) / Honours (1:1) bo’lishi kerak.
  4. Nomzod NUS`ning magistratura (research) kurslaridan biriga (kunduzgi tartibda) qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  5. Nomzod NUS`ning magistratura (research) talablariga javob berishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun universitetning magistratura (research) kurslaridan biriga hujjat topshirishi va arizasida shu grant dasturiga bo’lgan qiziqishini belgilashi yetarli bo’ladi. Buning uchun nomzod 2019-yil 13-sentabrga qadar onlayn arizani taqdim qilishi va arizaning qog’oz shaklidagi nusxasini imzolangan holda barcha kerakli hujjatlar bilan birgalikda quyidagi manzilga pochta/kuryer orqali yuborishlari talab etiladi:

National University Of Singapore
1 Arts Link, As2 Level 6
Singapore 117570
(Graduate Research Programme Administrator)

Grant dasturida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlarga hujjatlarini imkon qadar ertaroq topshirishlari tavsiya etiladi.

Natijalar (2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun) 2019-yil oktabr oyida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr diplomi nusxasi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Tadqiqot rejasi (1 000-2 000 so’zdan iborat).
  5. Arizani ko’rib chiqish to’lovi (50 Singapur dollari miqdorida).
  6. 2 ta tavsiyanoma (ariza topshirilganidan so’ng uzog’I bilan 14 kun ichida taqdim etilishi kerak).
  7. GRE/GMAT sertifikati.
  8. Til sertifikatlari (IELTS 6.0 va undan baland).

Taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi. Shu sababli hujjatlaringizning notarial tasdiqlangan nusxasini yuboring. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ariza topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumotni bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
http://www.nus.edu.sg/admissions/graduate-studies/graduate-programme-and-contacts.html

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!