×

National University of Singapore: PhD bosqichida o’qish uchun to’liq grant va oylik 3 000 Sungapur dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

1746 marta

Singapurdagi National University of Singapore (NUS) oliygohi Graduate School for Integrative Sciences and Engineering maktabining 2020–yil avgustda boshlanadigan PhD kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilarga NGS Scholarship (NGSS) grant dasturini e’lon qiladi. Grantlar 4 yilgacha bo’lgan muddatga, dunyoning istalgan davlatidan bo’lgan, Integrative Sciences and Engineering yo’nalishida tadqiqotlar olib borish istagidagi nomzodlarga beriladi. Dasturdan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan tadqiqotchiga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Tadqiqotchi oliygohda bepul o’qish imkoniga ega bo’ladi.
  • G’olibga oyiga 3 000 Singapur dollari (taxminan 2 181 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Kompyuter va kitoblar olish uchun mablag’ ajratiladi.
  • Konferensiyalarda qatnashish uchun mablag’ ajratiladi.
  • Grantlar dastlab 1 o’quv yili uchun berilib, talabaning GPA ko’rsatkichi 3.8 va undan baland bo’lganda hamda grantning boshqa talablari bajarilganida keyingi semestrlarga ham uzaytirilishi mumkin. Grantning umumiy davomiyligi 4 yil.

NUS oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod magistr darajasiga (kamida 2:1) ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod NUS) oliygohi Graduate School for Integrative Sciences and Engineering maktabining 2020 – yil avgustda boshlanadigan PhD kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  4. Nomzod NUS`ning PhD (research) talablariga javob berishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  7. Nomzod universitetning President’s Graduate Fellowship dasturiga hujjat topshirmagan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzoddan alohida ariza topshirish talab etilamydi. Buning uchun nomzod 2019-yil 15-dekabrga qadar oliygohga hujjat topshirishi – ya’ni quyidagi ariza topshirish jarayonini nihoyasiga yetkazishi yetarli bo’ladi:

  • Universitetning Graduate School for Integrative Sciences and Engineering maktabi PhD (research) kurslaridan biriga onlayn ariza topshirishi;
  • NGS PhD Admission Questionaire`ni to’ldirishi;
  • Arizaning qog’oz shaklidagi nusxasini imzolangan holda barcha kerakli hujjatlar bilan birgalikda quyidagi manzilga pochta/kuryer orqali yuborishi zarur:

NUS Graduate School for Integrative Sciences & Engineering (NGS)
University Hall, Tan Chin Tuan Wing
Level 04, #04-02
21 Lower Kent Ridge
Singapore 119077
Republic of Singapore

Grant dasturida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlarga hujjatlarini imkon qadar ertaroq topshirishlari tavsiya etiladi. Belgilangan muhlatdan kechikib yetib kelgan arizalar ko’rib chiqilmaydi, ammo avtomatik tarzda keyingi o’quv yili uchun qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bayonot.
  3. Tadqiqot rejasi.
  4. Nashrlar.
  5. Magistrlik diplomi nusxasi.
  6. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  7. Arizani ko’rib chiqish to’lovi (50 Singapur dollari miqdorida).
  8. GRE sertifikati.
  9. TOEFL/IELTS sertifikati.
  10. 2 ta tavsiyanoma.

Taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi. Shu sababli hujjatlaringizning aslini emas, notarial tasdiqlangan nusxasini yuboring. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ariza topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumotni bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Ms Anuradha Chandra ngsack@nus.edu.sg

Tel: +65 6516 1480

Email: ngsenquiry@nus.edu.sg

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!