Glocal International Teen Conference (GITC) o’zining navbatdagi, 2019-yil 31-avgust – 2-sentabr kunlari Nepalning Katmandu shahrida bo’lib o’tadigan bo’lib o’tadigan yig’iniga barcha 13 – 25 yoshdagi yosh liderlarni taklif etadi. Konferensiyada xorijlik yoshlar Country Representative, Speaker, Presenter va Patricipant – sifatida ishtirok etishlari mumkin. Yig’in davomida barcha davlat vakillari, Nepalning mahalliy vakili, qatnashchi va spikerlar o’zaro tajriba almashib, hozirda yoshlar uchun dolzarb bo’lgan muammolar – tadbirkorlik, imkoniyatni kengaytirish, jamiyatni rivojlantirish (Entrepreneurship, Empowerment and Socio-Perspective) va ularning yechimlarini muhokama qiladilar. Konferensiya nihoyasiga yetgach, barcha ishtirokchilar ona yurtlariga qaytib, orttirgan tajribalari bilan mamlakatlari rivojiga hissa qo’shishlari nazarda tutilgan. Konferensiyaga hujjat topshirishdan oldin nomzod yig’inda aynan qaysi rolda (davlat vakili, spiker, presenter yoki qatnashchi) ishtirok etmoqchiligini aniqlab olishi zarur. Hozirda arizalar faqat davlat vakili sifatida ishtirok etuvchilar uchun ochiq.
Grant kimlar uchun?
Yoshlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Country representativelar quyidagi imtiyozlarga egalar:
- Tanlangan ishtirokchilarga o’z ishlari uchun sertifikatlar beriladi va GITC (Glocal International Teen Conference) yoki GTH (Glocal Teen Hero) ishtirokchisi sifatida taklif etiladi.
- “Eng yaxshi mamlakat vakili” nominatsiyasi g’olibiga yakuniy konferensiyada ishtirok etish imkoniyati beriladi va konferentsiya to’lovidan ozod qilinadi.
Eng yaxshi deb topilgan mamlakat vakillari quyidagi imtiyozlarga ega bo’ladilar:
- Turar joy;
- Ovqatlar;
- Aeroportdan olib ketish va eltib qo’yishda yordam;
- Konferensiyaning mahsus futbolkalari;
- Mahsus anjomlar to’plami;
- Glocal Teen Hero – GTH mukofoti
Konferensiya davomida speaker va presenterlar quyidagi imtiyozlarga ega bo’ladilar:
- Mehmonxonada bepul yashash;
- Shahar bo’ylab bepul safar qilish;
- Oziq-ovqat;
- Aeroportdan olib ketish va eltib qo’yishda yordam;
- Konferensiyaning mahsus futbolkalari;
- Maxsus anjomlar to’plami;
- GITC Qo’mitasiga a’zo bo’lish;
- Konferensiyada o’zlarining tashkilotlari, dasturlari, g’oya va rejalarini taqdim etish uchun ajratilgan joy;
- Teen Hero- Award Gala taqdirlash marosimida qatnashish imkoniyati;
- Umidli tadbirkor va sanoatchi yoshlar bilan uchrashuvlarda qatnashish;
- Shahar bo’ylab sayohatlar uyushtirish;
- Tengdoshlari bilan muhokamalarda fikr almashib tajriba orttirish.
Qatnashchi (participant)lar konferensiyada ishtirok etishlari uchun 200 AQSH dollari miqdorida to’lovni malga oshirishlari lozim. Qatnashchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Mehmonxonada bepul yashash;
- Shahar bo’ylab bepul safar qilish;
- Oziq-ovqat;
- Aeroportdan olib ketish va eltib qo’yishda yordam;
- Konferensiyaning mahsus futbolkalari;
- Mahsus anjomlar to’plami;
- GITC Qo’mitasiga a’zo bo’lish;
- Konferensiyada o’zlarining tashkilotlari, dasturlari, g’oya va rejalarini taqdim etish uchun ajratilgan joy;
- Umidli tadbirkor va sanoatchi yoshlar bilan uchrashuvlarda qatnashish;
- Shahar bo’ylab sayohatlar uyushtirish.
Talablar:
Country Representative:
- Fuqarolikka oid cheklovlar yo’q (barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin)
- Nomzod Nepaldan boshqa mamlakat fuqarosi bo’lishi kerak.
- Nomzod 15-25 yoshda bo’lishi kerak.
- Nomzod o’z jamiyatining faol a’zosi bo’lishi kerak.
- Yetakchilik qobiliyatini namoyon etib, yoshlarni, ayniqsa, o’smirlarni rivojlantirish uchun hissaqo’shadigan faol, bag’rikeng va ishtiyoqi baland shaxs bo’lishi kerak.
Speaker/Presenter:
- Nomzod 13 – 19 yoshda bo’lishi kerak.
- GITC muhokamasidagi asosiy masalalari bo’yicha bilim va tajribaga ega bo’lishi hamda uni namoyish eta olishi;
- Ariza shaklida ko’rsatilgan sohada kamida 6 oylik tajribaga ega bo’lishi;
- Yurtiga qaytganidan so’ng o’rganganlarining o’z jamiyatiga qandaydir ijobiy ta’sir o’tkazishi uchun harakat qilishi kerak.
Participant (qatnashchilar) – konferensiyada asosan bilimlarini kengaytirib, tajriba orttirish istagidagi yoshlardan iborat bo’ladi. Shu sababli ularga alohida majburiyatlar yukmanmaydi. Shunga qaramasdan qatnashchilar yig’inda faol ishtirok etib, konferensiya talablarini sitqidildan bajarishlari maqsadga muvofiq.
Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda to’liq tanishing.
Davlat vakili sifatida qatnashchilarga talablar:
- GITC va GTHni rag’batlantirish uchun o’z mamlakatida turli tadbirlarni amalga oshirish;
- Har xil tadbirlar orqali GITC uchun potentsial spiker, vakil va ishtirokchilarni kashf etish;
- GITC / GTH bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mahalliy tashkilotlar bilan bog’lanish;
- Olib borilayotgan faoliyat va ish jarayoni haqida prezentatsiyalar orqali GITC / GTH qo’mitasiga hisobot berish;
Speaker sifatida qatnashuvchilarga talablar:
- Bu erda Moderator va ma’ruzachilar o’zlarining munosib o’rinlarini egallashlari va boshqa yoshdagi o’smirlarni tarbiyalash va ilhomlantirish uchun o’z g’oyalarini, tajribalarini ishga solishlari;
- Har bir ma’ruzachi o’ta aniq gapirishi va ular ishtirok etadigan Panel muhokamasi (Panel Discussion)ning asosiy mavzusini asosiy mavzusi / asosiy g’oyasini yodda tutishi;
- Spiker konferensiyaga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rishi;
- Ma’ruzachilar o’zlariga ajratilgan vaqtni hisobga olishlari, faol bo’lishlari, ma’ruzani interaktiv usulda muhokamalar bilan olib borishlari va Panel muhokamasining asosiy mavzusi bo’yicha muhokamalar o’tkazishlari lozim.
Presenter sifatida qatnashuvchilarga talablar:
- Belgilangan asosiy uch mavzu (Entrepreneurship, Empowerment and Socio-Perspective) masalalarini o’rganib chiqib perzentatsiya (slayd)lar tayyorlash;
- Slaydlarni namoyish etish (konferensiyada 3ta presenter ishtirok etadi va har biri bitta mavzu bo’yicha taqdimot qiladi. Uchta mavzu taqdimoti uchun jami 10 daqiqa ajratiladi);
- Prezentatsiya ma’lumotlarini izohlab berish;
- Taqdimotda tanlangan mavzu to’liq ochib berilganligi va qatnashchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lishiga e’tibor berishlari zarur.
Ishtirokchilarga qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish jarayoni:
Dasturda Country Representative sifatida (boshqa o’rinlar uchun qabul jarayoni hali boshlangani yo’q) qatnashish uchun hujjatlar 2019-yilning 29-yanvaridan kechiktirmasdan topshirilishi zarur. Hujjatlar to’planib, onlayn ariza sahifasidagi belgilangan o’rinlarga yuklanadi va Glocal International Teen Conference’ga taqdim etiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (JPEG, JPG, PNG formatlarida)
- CV (pdf, doc, docx formatlarida)
Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni savol – javoblardan olishingiz va savollar bilan Info@glocalnepal.comga murojaat qilishingiz mumkin.