Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.
2023-yildagi One Young World sammiti Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastda, 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.
bp kompaniyasi ushbu sammitda qatnashish uchun Net Zero Scholarship grantini taklif etmoqda. Grant gʻoliblarining sammitga qatnashish bilan bogʻliq xarajatlari toʻliq qoplanadi.
bp kompaniyasi ishlab chiqarish faoliyatida ishlatiladigan energiya nafaqat ishonchi va arzon, balki toza boʻlishini ham xohlaydi. Jumladan, kompaniya 2050-yilgacha yoki undan ertaroq oʻz faoliyatida karbonat angridrid chiqindilarini chiqarish darajasini nolga yetkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Bu kompaniya amaliyotlari va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan karbon miqdorini keskin kamaydirishni anglatadi. bp kompaniyasining ushbu maqsadi haqida bu yerda batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
Kompaniya shu maqsad sari harakatlanar ekan, boshqalar fikrini tinglash, ulardan oʻrgaish va ular bilan birga ishlashni xohlaydi. Shu sababli bp kompaniyasi insonlar va sayyoramiz uchun energiyani yangicha shaklda qayta koʻrib cchiqayotgan yosh innovatorlarni aniqlash va ular bilan muloqot qilish uchun Net Zero Scholarship grantini eʼlon qildi.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant gʻoliblari quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- 2023-yil 2-5-oktabr kunlari Belfastda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
- 2023-yil 1-6-oktabr kunlari mehmonxonadan bepul xona taʼminlanadi.
- Belfastga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
- Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.
- Sammitdan oldingi va sammit davomidagi bp tomonidan tashkillashtiriladigan dasturlarda qatnashish imkoniyati.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
- Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
- Yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
- Asosiy mahalliy va/yoki global muammolar haqida tushunchaga ega boʻlish kerak.
- Quyidagi sohalardan birida koʻrsatilgan taʼsir / natija:
- Quyosh va shamol texnologiyalari kabi karbon chiqindilarni kamaytiruvchi mavjud energiya texnologiyalarni yaxshilash.
- Karbon chiqindilarini kamaytiruvchi energiyadan foydalanish imkoniyatini yaxshilash.
- Uy xoʻjaliklarim shaharlar va sanoat korxonalarida karbonat angridrid chiqindilarini kamaytirish sohasidagi innovatsiyalar/
- Ilgʻor (progressiv) iqlim siyosatini targʻib qilish.
Dasturga qabul jarayoni:
Har ikkala grant uchun ham arizalar 2023-yil 6-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.
Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.
MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.