×

Network Cup 2021: Qirgʻizistonda debat turniri; borish-kelish uchun aviachipta va bepul turar joy taʼminlanadi!


Grant

MUHLAT

28.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

4466 marta

C5+1 Youth Council notijorat tashkiloti “Network Cup 2021” mintaqaviy debat turniriga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu dastur maqsadi yosh yetakchilarga jamoat oldida nutq soʻzlash, bahs-munozara yuritish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini oʻrgatishdir.

Dastur Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan boʻlgan yosh yetakchilarning quyidagi mintaqaviy muammolar boʻyicha debat qilishi va fikr almashishi uchun tashkil etilmoqda:

  • Global Counterterrorism and Security (Global terrorchilikka qarshi kurashish va xavfsizlik);
  • Central Asia Business Competitiveness (markaziy Osiyoning biznes borasidagi raqobatbardoshligi);
  • Transport Corridor Development (Transport korridorini shakllantirish);
  • Environmental Issues and Climate Change (Atrof-muhitga oid muammolar va iqlim oʻzgarishi).

Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi va 2 qism – onlayn hamda oflayn qismlardan iborat boʻladi. Onlayn qismda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar debat turniridan oldin 2021-yil 27-noyabrdan 2-dekabrgacha Zoom orqali debat formati, harakatlar tahlili, tahliliy nutq, mantiq, vaj keltirish, tadqiqot haqida taʼlimiy seminarlar hamda tayyorgarlik mashgʻulotlarida qatnashadi.

Oflayn debat turniri esa 2021-yil 4-5-dekabr kunlari Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahridagi Bilimkana Amerika maktabida boʻlib oʻtadi. Debat formati Britaniya parlamenti shaklida boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej, litsey oʻquvchilari va universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Debat turnirda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan taʼminalanadi:

  • Ishtirokchilarning Qirgʻizistonga borishi va kelishi aviachipta xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, Qirgʻizistonda boʻlib turgan ishtirokchilarning Qirgʻiziston ichidagi safarlari uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy bilan taʼminalanadi.

Ariza topshirish va unda ishtirok etish bepul.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzodlar maktabning yuqori sinf oʻquvchisi, kollej, litsey oʻquvchisi yoki universitet talabasi boʻlishi lozim.
  • Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Tukrmaniston yoki Afgʻoniston fuqarosi boʻlish kerak.
  • Tanlangan ishtirokchilar 4 va 5-dekabr kunlari 9:00 dan 18:30 gacha Bishkekdagi Bilimkana Amerika maktabida debat turniri tadbirida qatnashishi kerak.
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila olish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun 2 ta muhlat va 2 ta ariza shakli mavjud:

  • Qirgʻizistondan tashqarida yashovchi nomzodlar 2021-yil 27-noyabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 ga qadar BU YERDA ariza topshirishi kerak.
  • Qirgʻiziston hududida yashovchi nomzodlar, qaysi davlat fuqarosi boʻlishidan qatʼi nazar, 2021-yil 30-noyabr, Qirgʻiziston vaqti bilan 23:59 ga qadar BU YERDA ariza topshirishi kerak.

Arizani yakka tartibda yoki jamoa boʻlib topshirish mumkin.

Yodda tuting:

  • Ariza topshirish dasturga qabul qilinishni kafolatlamaydi. Arizalar soni nihoyatda koʻp boʻlib ketsa, ishtirokchilar ariza sifati, debat tajribasi va xilma-xillik asosida saralab olinadi. Shu sababli, arizani diqqat bilan, toʻgʻri va aniq toʻldirish tavsiya etiladi.
  • Qabul qilingan barcha ishtirokchilarda tadbirda qatnashishini tasdiqlashni soʻrab email yuboriladi.

Savollar yuzasidan youthcouncil@auca.kg elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki tadbir uchun ochilgan maxsus telegram guruhida savollaringizni soʻrashingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin turnir haqidagi rasmiy eʼlonni batafsil oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!