×

New Perspectives Scholarship: Germaniyada magistratura uchun 100% grant


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2525 marta

Germaniyada joylashgan xususiy universitetlardan biri – Hertie School tomonidan taqdim etiladigan New Perspectives Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant dasturi Master of Public Policy, Master of International Affairs va Master of Data Science for Public Policy magistratura kurslarida o’qish uchun ajratilgan. 

Grantlar fan yoki muhandislik bo’yicha bakalavr kursida o’qib, shu sohalardagi bilimlarini davlat boshqaruvi, xalqaro aloqalar kabi yo’nalishlar bilan birlashtirish niyatida shu yo’nalishlarda magistratura kurslarini tanlagan nomzodlarga beriladi. 

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga umumiy qiymati 34 000 yevroga teng bo’lgan to’liq grant beriladi. Yashash xarajatlarini talabaning o’zi qoplashi kerak. Berlinda bir oylik yashash xarajatlari uchun 890-1290 yevro sarflanadi. 

Talablar:

  • Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak. Baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’qigan bakalavr kursi yo’nalishi fan va muhandislikka yaqin bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 7,0 yoki TOEFL IBT 100 (master of Public Administration uchun TOEFL IBT 90) sertifikatiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod statistika, matematika, dasturlash kabi fanlarni yaxshi bilishi zarur. 
  • Grant yutib olish uchun nomzod akademik va darsdan tashqari mashg’ulotlarda faol bo’lgan bo’lishi kerak.
  • Magistratura kurslariga qabul talablari bilan batafsil tanishish uchun kerakli kurs sahifasiga kiring.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun ko’rsatilgan 3 magistratura kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Arizalar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirish jarayoni haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Kerakli hujjatlar:

  • CV
  • Bakalavr diplomi va baholari
  • Ingliz tili testi sertifikati
  • Motivatsion insho
  • Ikkita tavsiyanoma.

Ariza topshirgach, quyidagi mavzuda motivatsion insho yozing: 

Please identify a specific social or political problem that you would like to solve and explain how a degree in public policy or international affairs, together with your prior education and professional experience, would help you to do so.” 

Inshoni grad-admissions@hertie-school.org elektron manziliga yuboring. Kursga ariza va grant uchun motivatsion insholarni 2021-yil 1-fevralgacha topshirish zarur. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!