The New Media Writing Prize (NMWP) – Buyuk Britaniyaning Bournemouth Universiteti, Media va Kommunikatsiya Fakulteti hamda if:book UK hamkorligida tashkil etilgan mukofotdir. Dastur millati va yoshidan qat’iy nazar barcha professional va havaskor yozuvchi, shoir, dizayner ijodkorlarni bu yilgi tanlovda ishtirok etishga taklif etadi. Dastur o’z oldiga zamonaviy mediani rivojlantirish va bu boradagi diqqatga sazovor ishlarni rag’batlantirishni maqsad qilib qo’ygan. Qatnashchilar tanlovda aynan kompyuter, telefon, planshet va shunga o’xshash zamonaviy mediya uskunalari uchun mo’ljallangan ishlari- hikoya, roman, she’r, hujjatli film, animatsiya, transmediya ishlari bilan qatnashishlari mumkin.
Grant kimlar uchun?
Zamonaviy yozuvchi, shoir va jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov yakunida eng munosib deb topilgan ishga if:book UK New Media Writing Prize: uchun 1000 funt sterling pul mukofoti taqdim etiladi.
Talablar:
Tanlovda barcha yoshdagi qatnashchilar ishtirok etishlari mumkin. qatnashchiga qaysi yo’nalish bo’yicha ishtirok etayotganiga qarab turlicha talablar qo’yilishi mumkin. Asosan, qatnashchilar zamonayviy mediyadan foydalanilgan ishlarni topshirishari kerak.
Ijodiy ishga qo’yiladigan talablar
- Taqdim etiladigan ishlar she’riy va nasriy asarlarni foydalanuvchiga yetkazishda zamonaviy mediadan foydalanishning samarali va kreativ usullaridan foydalanib yaratilgan bo’lishi zarur.
- Foydalanuvchi uchun qulay tarzda yaratilgan bo’lishi kerak.
- Interaktiv elementlardan samarali foydalanilgan bo’lishi lozim.
- Zamonaviy medianing keng imkoniyatlarini yaqqol ko’rsatib berishi zarur.
- Keng ommaga mo’ljallangan (ma’lum bir guruh foydalanuvchilarga emas) bo’lishi zarur.
- Barcha ishlar ingliz tilida taqdim etilishi shart.
Tanlov shartlari bilan bu yerda to’liq tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
- Tanlovda ishtirokchilar yakka holda yoki guruh bo’lib qatnashishlari mumkin.
- Bir ishtirokchi bir necha yo’nalish bo’yicha ishlarini taqdim etishi mumkin.
- Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar onlayn arizani to’ldirishlari zarur
- Arizada ishtirokchi qaysi yo’nalish bo’yicha qatnashayotganligini belgilashi lozim. Agar bir nomzod bir vaqtning o’zida bir necha yo’nalish bo’yicha ishtirok etmoqchi bo’lsa, har bir ish uchun alohida ariza to’ldiriladi.
- Unicorn Student Award yo’nalishi bo’yicha ariza topshirayotgan talabadan uning haqiqatdan ham talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat so’raladi.
Tanlovda qatnashish uchun nomzod onlayn ariza to’ldirishi kerak. qatnashchi mukofot uchun taqdim etayotgan asar pochta yoki boshqa biror vosita orqali tanlovga to’g’ridan-to’g’ri jo’natilishi mumkin emas. Uning o’rniga, nomzod internetdagi biror boshqa yerda saqlangan ishga link (URL) berishi yoki uni qanday topib olish mumkinligini ariza formasida tushuntirishi zarur (arizada bu uchun maxsus joy ajratilgan). Arizalar 2020-yil 27-noyabrgacha qabul qilinadi.
Xatda quyidagi ma’lumotlari shu tartibda yozish kerak:
- Qatnashchining ism-sharifi. Guruh bo’lib qatnashilsa barcha a’zolarning ismshariflarini yozish kerak.
- Qatnashchi(lar) bilan bog’lanish uchun ma’lumotlar: ismi, telefon raqami, uy manzili va pochta indeksi. Agar guruh bo’lib qantashilsa, bitta qatnashci bog’lanish uchun saylanishi lozim.
- Qatnashchining 50-100 so’zli qisqa tarjimai holi. Guruh bo’lib qatnashilayotgan bo’lsa, barcha a’zolarning tarjimai hollari kiritilishi kerak.