New York Times nashri tomonidan tashkillashtirib kelinadigan “Show Us Your Generation” o’smirlar fototanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu tanlovdan maqsad o’smirlar o’z hayotlari yoki atrofdagi olamni o’z usullarida, o’zlariga yoqqan tarzda muxrlagan suratlar va bu suratlar orqali ular yetkazmoqci bo’lgan fikrlar bilan tanishish. Nashrning fikricha o’smirlik inson hayotining eng o’zgacha davrlaridan biri bo’lib, bu yoshdagi insonning tuyg’ulari, qarashlari va harakatlari ko’pincha noto’g’ri qabul qilinadi yoki umuman tushunarsiz deb qaraladi. Hayotning bu davridagi voqealar va fikrlar esa yetarlicha o’rganilmagan. New York Times’ning tanlov tashkilotchilari esa o’smirlar uchun fototanlov tashkil etish orqali dunyoga ular ko’zi bilan qarashga ahd qilishgan. Tanlovda istalgan mavzudagi fotosuratlarni taqdim etish mumkin, bunda o’smir o’z olamini suratga tushirsa va suratdagi voqea to’g’risidagi shaxsiy izohini qoldirsa bas. G’olib chiqqan fotosuratlar New York Times’da chop etiladi.
Grant kimlar uchun?
13-19 yoshdagi fotosuratchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Fototanlov g’oliblarining ishlari New York Times nashrining The Learning Network bo’limida chop etiladi. Undan tashqari, g’olib suratlar nashrning bosma sonidagi Learning Special ruknida chop etilishi ham mumkin.
Talablar:
Qoidalar:
- Bu fototanlovda dunyoning barcha hududlaridan bo’lgan 13-19 yoshli o’smirlar ishtirok etishlari mumkin.
- Tanlovda guruh sifatida ishtirok etish mumkin emas.
- Tanlovga topshirilgan fotosuratlar salbiy, ijobiy yoki naytral ruhda bo’lishi mumkin. Suratlarda juda tor doiradagi guruhlar yoki umuman begonalar ham tasvirlanishi mumkin. bu borada cheklov yo’q. fotosuratlarda o’smirlik olami aks etsa kifoya. Kimlarni suratga olish borasida bir qarorga kelish uchun bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Suratlarni fotoapparat yoki mobil telefonda ham tushirish mumkin. foto effektlardan foydalanish mumkin emas. Batafsil
- Suratlar JPEG formatda bo’lishi va hajmi 1-5 MB oralig’ida bo’lishi kerak.
- Qatnashchi o’zining suratlari bilan ishtirok etishi ham mumkin. bunda suratchi texnik tomondan suratning muallifi bo’lishi shart – ya’ni, surat timer (vaqtni ortga sanagan holda avtomatik tarzda suratga olish) orqali yoki shu kabi usullarda tushurilgan bo’lishi kerak. Suratni boshqa odam olgan bo’lsa qatnashchi suratga muallif hisoblanmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda bir ishirokchi uchtagacha fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin. Suratlarni bu yerdagi ariza formasini to’ldirish jarayonida yuklash mumkin. Suratni yuklagach, shu suratdagi o’smirlikka oid qaysi vaziyatni OAV yoki kattalar noto’g’ri tushunishlari yoki yetarlicha e’tiborga olishmasligi va buning sabablari haqida shaxsiy izoh qoldirishni unutmang. Sizning surat o’smirlikning boshqa suratlarlaridan nimasi bilan farq qilishi, suratingiz o’smirlikni qanday qilib realroq va to’liqroq tasvirlashini ham izohlang.
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashchining ota-onasi yoki vasiydan ruhsat ham kerak, shuning uchun ularning elektron manzillarini ham yozish kerak bo’ladi.
Ma’lumot uchun LNFeedback@nytimes.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. New York Times tomonidan tashkillashtirilgan boshqa tanlovlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.