×

Newcastle University: PhD uchun qisman grant va yillik 15 009 funt-sterling stipendiya


Grant

MUHLAT

15.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1256 marta

Angliyaning Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan Newcastle University 2019-2020 o‘quv yili uchun PhD in Sociology – Responsible Innovation in Synthetic Biology: concepts, concerns and commercialism dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet tarkibidagi Policy Ethics and Life Sciences Research Centrening PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Nomzodlar Dr Simon Woods rahbarligida sintetik biologiya muammolari loyihasi ustida ishlashi kutilmoqda. Grant 3 yilga ajratiladi.

Grant bo`yicha tadqiqot haqida to‘liq ma’lumot: shu yerda berilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga:

  1. 3 yil davomidagi kontrakt to‘lovining mahalliy talabalar toʻlaydigan qismi qoplab beriladi.
  2. 3 yil davomida yashash xarajatlari uchun har yilga 15 009 funtsterling miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  3. Grant uchun ajratiladigan stipendiya hajmi oshishi mumkin.
  4. Nomzodga tadqiqot uchun kerakli jihozlar uchun ham pul beriladi.

Kontraktning chet ellik va mahalliy talaba toʻlaydigan hajmdagi farqini talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitet tarkibidagi Policy Ethics and Life Sciences Research Centrening PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod  tegishli mutaxassislik boʻyicha magistr (Master’s Degree in Social Science) bosqichini a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Grant sohasiga oid qo‘shimcha tadqiqotlarda ishtirok etgan va sohaga tegishli tajribaga ega nomzodlarga ko‘proq imkoniyat beriladi.
  6. Nomzod mustaqil va guruhda kelishib ishlay olishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. IELTS 7,0, har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi Policy Ethics and Life Sciences Research Centrening PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Dedlayn 2019-yil 15-avgustgacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  2. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  3. Qidiruv sahifasiga kiring.
  4. Dastur kodi qismiga 8202F ni yozing va dasturni qidirish tugmasini bosing.
  5. PhD in Sociology (full time) – 8202F”ni
  6. studentship/partnership reference field qismiga PEALS01 deb belgilang.
  7. Cover letter va CVni yuklang. Yoʻllanma xatda PEALS01 kodi, sizning shu loyihaga bogʻliq tajribalaringiz aks etishi kerak.
  8. Diplom, diplom ilovasi va ingliz tili sertifikatini yuklang.
  9. Cover letter va CVni woods@ncl.ac.uk manzili orqali Dr Simon Woodsga ham joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 7,0, har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • Cover letter.
  • CV/Rezyume.
  • Magistr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak).
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda shu yerdan yoki quyidagi mas’ul shaxs orqali aniqlang:

Mas’ul: Dr Simon Woods

E-mail: simon.woods@ncl.ac.uk

Telephone: +44 (0) 191 208 3254

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, tadqiqotlarda qatnashganligi, a’lo baholari, research proposalning markaz tadqiqotlariga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Mas’ul: Dr Simon Woods

E-mail: simon.woods@ncl.ac.uk

Telephone: +44 (0) 191 208 3254

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!