×

News Photo Awards. A changing World: mukofoti 10 000 dollargacha boʻlgan fotosuratlar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 9 ta!


Grant

MUHLAT

07.01.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2646 marta

Rossiyaning TASS axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan News Photo Awards. A changing World professional fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga professional fotomuxbirlar (fotograflar) tomonidan ommaviy axborot vositasi uchun tushirilgan va e’lon qilingan suratlar qabul qilinadi. 

Bu yilgi tanlov mavzusi – Oʻzgarayotgan dunyo (A Changing World). Tanlovga COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda insonlar hayoti va butun dunyo boʻylab yuz bergan muhim oʻzgarishlar, shuningdek, joriy yildagi asosiy voqealari aks ettirgan fotosuratlarni topshirish mumkin.

Ishtirokchilarning asosiy vazifasi – pandemiya fonida eng muhim ijtimoiy va siyosiy jarayonlar, shuningdek, shaxsiy hikoyalarning asosiy jihatlarini koʻra olish va ularga eʼtibor qaratishdir.

Tanlovda qatnashish bepul va bu yilgi tanlovda quyidagi 4 kategoriya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:

  • News (Yangiliklar).
  • People & Lifestyle (Insonlar va hayot tarzi).
  • Нealthcare (Sogʻliqni saqlash).
  • Environment (Atrof-muhit).

Tanlovda bitta fotosurat va fotosuratlar seriyasi (toʻplami) yo’nalishlarida ishtirok etish mumkin. Bitta fotosurat yo’nalishi uchun har bir kategoriya boʻyicha 1-3 ta fotosurat, fotosuratlar seriyasi yo’nalishi uchun esa har bir kategoriya uchun 12 tagacha fotosuratdan iborat toʻlplam yuborish mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Yangiliklarni yorituvchi professional fotograflar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadi:

  • Gran-pri mukofoti – 10 000 AQSH dollari.
  • Har bir kategoriyada yagona fotosurat yoʻnalishi gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
  • Har bir kategoriyada fotosuratlar seriyasi yoʻnalishi gʻolibiga 3000 AQSh dollari.

Talablar:

Tanlovda qatnashish uchun umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Istalgan davlat fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovda faqat yangiliklarni yorituvchi professional fotograflar (fotomuxbirlar) qatnasha oladi.
  • Nomzod ariza topshirayotganda 18 yoshga toʻlgan boʻlishi lozim.
  • Fotosuratlar 2021-yil yanvar oyidan ariza topshirilayotgan vaqtgacha boʻlgan oraliqda olingan boʻlishi kerak.
  • Tanlovga topshirilayotgan fotosurat(lar) rasman roʻyxatdan oʻtgan biror ommaviya axborot vositasida chiqarilgan / chop etilgan boʻlishi kerak. Fotosuratlar seriyasi yoʻnalishi boʻyicha topshirilgan suratlar toʻplamida kamida 1 ta fotosurat ommaviy axborot vositasida eʼlon qilingan / nashr qilingan boʻlishi kerak.
  • Topshirilayotgan fotosurat(lar) eʼlon qilingan ommaviy axborot vositasi nomi va fotosurat yoki fotosurat joy olgan yangilik chop etilgan sana yozilishi kerak.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Barcha talablar, jumladan, topshiriladigan fotosuratlarga qoʻyilgan talablar bilan tanlov qoidalarida batafsil tanishing:

Tanlov qoidalari (rus tilida)
Tanlov qoidalari (ingliz tilida)

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun arizalar 2022-yilning 7-yanvarigacha onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Arizadagi kerakli boʻlimlarni toʻldirish va fotosuratlarni yuklash kerak boʻladi.

MUHIM: Tanlovga ariza topshirishdan oldin tanlovning rasmiy saytigagi maʼlumotlar va tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlov qoidalari (rus tilida)
Tanlov qoidalari (ingliz tilida)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!