×

NewsPrice grant dasturi: jurnalistlar uchun 20 000 AQSh dollarigacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2670 marta

NewsPrice – bu rus tilidagi xalqaro media loyiha bo’lib, uning asosiy maqsadi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda jurnalistikani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishdir.

NewsPrice dunyo bo’ylab turli masalalarni o’rganib chiqish va ular haqida ochiq ommaga ma’lumot yetkazish maqsadida jurnalistik loyiha olib borish niyatidagi jurnalistlar uchun Грант Для Продвижения Инициатив Журналистов grantiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar faqat jurnalistik surishtiruv yo’nalishiga mos loyihalarni amalga oshirish uchun beriladi. Ma’lum vaziyatni o’rganib chiqish va jurnalistik material tayyorlash niyatidagi, bunda moliyaviy ko’makka muhtoj jurnalistlar grantga ariza berishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantning maksimal hajmi 20 000 AQSh dollariga teng. Ko’p hollarda belgilanadigan grant miqdori 2000-2500 AQSh dollarini tashkil etadi. 

Grantning birinchi yarmi loyiha tasdiqlanib, barcha xarajatlar aniqlanganda, ikkinchi yarmi esa maqola/material tayyor bo’lganda to’lab beriladi.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • Nomzod kamida 3 yildan beri jurnalistlik faoliyatini olib borayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodan boʻlishi kerak.
  • Nomzod muhim mavzuni o’rganib chiqib, jurnalistik material tayyorlash uchun loyihaga ega bo’lishi kerak. Loyiha jurnalistik surishtiruv yo’nalishidaa bo’lishi zarur.
  • Nomzod tanlovga topshirgan loyiha uchun kerakli mashg’ulotlar va xarajatlar tahlili tayyorlanishi kerak.
  • Dasturga doimiy va frilans jurnalistlar, yangiliklar va tahliliy nashrlarda tajribaga ega bo’lgan muharrirlar, shuningdek, notijorat tashkilotlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar ariza topshirishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun maxsus ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirish kerak. Arizadagi savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qiling.

Arizalar 2021-yilning 1-dekabriga qadar qabul qilinadi. Savollar yuzasidan support@newsprice.info elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!