×

Niderlandiyada xalqaro yoshlar forumi (barcha xarajatlar qoplanadi)


Grant

MUHLAT

08.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

4338 marta

Joriy yilning 16 – 20-oktabr kunlari Niderlandiyaning Gaaga shahrida One Young World nomli xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu forum dunyoning 196 mamlakatidan 1500 nafar yosh liderlarlarni bir joyda to‘plash uchun notijorat maqsadlarga qaratilgan tashabbus hisoblanadi. Forumni o‘tkazishdan asosiy  maqsad yoshlarning siyosiy va biznes sohalaridagi ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

18 – 30 yoshlilar.

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumda qatnashish huquqini qo’lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Gaagaga borish va Gaagadan qaytish uchun aviachiptalar bilan ta’minlanadi;
  • 16-20-oktabr kunlari turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Forum davomida oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
  • Gaagada harakatlanish uchun transport xarajatlari qoplanadi;
  • Forumda qatnashish uchun tarqatma materiallar bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Forumda qatnashish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 18 – 30 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
  • Ingliz tilida ravon so‘zlasha olishi;
  • Tashkilotchilik va yetakchilik qobilyatiga ega bo‘lishi lozim;
  • Nomzod hozirda insonlarga g’amxo’rlik ko’rsatish sohasida ishlayotgan bo’lishi kerak (hamshira, shifokor, ijtimoiy tadbirkorlik sohasidagi ishchi sifatida yoki sog’liqni saqlash tizimida islayotgan bo’lishi, jamiyatda kishilar hayotini ijobiy tomonga o’zgartirishga oid sohada ishlayotgan bo’lishi kerak).

Dasturning boshlanishi:

2018-10-16

Dasturning tugashi:

2018-10-20

Dasturga qabul jarayoni:

Forumda qatnashish uchun arizalar onlayn tarzda topshiriladi.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!