×

Niderlandiya: magisraturada o’qish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1400 marta

Niderlandiyada joylashgan  Leiden University oliygohi o’zining Leiden University Excellence Scholarship (LExS) dasturi uchun chet ellik talabalardan arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi shu Universitetda o’qitiladigan magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi chet ellik talabalarni qo’llab – quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur talabaning kontrakt to’lovining ma’lum qismini to’lashga qaratilgan. Grant doirasida talabaning erishgan natijalariga qarab kontrakt summasiga quyidagi chegirmalar taqdim etilishi mumkin:

  • 10 000 yevro chegirma
  • 15 000 yevro chegirma

Ushbu chegirmalar butun o’qish davomida amal qiladi.

Dastur o’qish xarajatlarini to’liq qoplamaganligi sababli talabadan uning moliyaviy ahvoli haqidagi bank hujjati so’raladi.

Leiden Universityda ta’lim olish xatajatlari haqida bu yerda bilib oling.

Talablar:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi/Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi davlatlaridan bo’lmasligi kerak;
  2. Nomzod a’lochi bo’lishi (avval o’qigan ta’lim muassasasi reytingida eng a’lochi 10% talabalardan bo’lishi) kerak;
  3. Nomzod bakalavr (BA yoki BS) darajasiga ega bo’lishi kerak;
  4. Magistratura kursi 1 yildan ortiq davom etadigan talabalar stipendiyani keyingi o’quv yili ham olishlari uchun yiliga kamida 60 ECTS (universitetning baholash tizimi) to’plashlari kerak;
  5. Grant dasturi yiliga ikki marta, sentabr va fevral oylarida beriladi. Agar talaba ma’lum sababga ko’ra qo’qishni o’z vaqtida boshlay olmasa, stipendiya bekor qilinadi;
  6. LExS dasturi bilan bir vaqtda boshqa to’liq stipendiyali dasturlarga nomzod bo’lish mumkin emas. Ammo, qisman grantlarni yutib olish mumkin;
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar hamda grantni yutib olish tartib – qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza talab qilinmaydi. Buning uchun nomzodlar barcha hujjatlarni onlayn tarzda universitet qabul komissiyasiga 2019 – yil 1-fevraldan kechiktirmay (faqat LLM Advanced Studies programmes uchun 2019 – yil 1-mart) topshirishlari hamda arizalarida LExS Programm dasturida qatnashmoqchiliklarini ko’rsatib o’tishlari lozim.

Sentabr oyidagi kurslar uchun beriladigan stipendiyalar natijasi aprel oyining oxirida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Passport yoki boshqa shaxni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
  3. CV (rezume).
  4. Motivatsion xat.
  5. Bakalavr diplomi nusxasi.
  6. Baholar (diplom ilovasi).
  7. Til sertifikatlari (IELTS 6.0/ TOEFL IBT 79 va undan baland)
  8. Tavsiyanoma.
  9. Talabaning moliyaviy ahvoli haqidagi bank hujjati.

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Tarjima qilingan hujjatlarning barchasi notarius orqali tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.

Tel: +31 (0) 71 – 527 8011 
E-mail: scholarships@sea.leidenuniv.nl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!