×

Niderlandiya: Magistratura uchun to’liq grant, oylik stipendiya; barcha qo’shimcha to’lovlar to’lab beriladi!


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2573 marta

Niderlandiyadagi  Delft University of Technology (TU Delft) oliygohi o’zining Justus & Louise van Effen Excellence Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2020- yil sentabrda boshlanadigan Regular TU Delft’s MSc Programmes yo’nalishlari bo’yicha 2 yillik magistratura (MSc) kursiga hujjat topshirgan barcha iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura (MSc) bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida har bir fakultetdan 2 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Grantni yutib olgan talabaga 2 yillik magistratura kursining birunchi yili uchun jami 30 000 yevro (taxminan 33 100 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ aratiladi. Mablag’ talabaning kontrakt to’lovini to’lashga hamda kundalik xarajatlari uchun stipendiya ajratishga sarflanadi.

Shuningdek, dastur g’olibi oliygohda o’tkaziladigan barcha seminar, mahorat darslari hamda boshqa yig’inlarda qatnashish imtiyoziga ega bo’ladi.

Eslatma: grant 2 yillik magistratura kursining faqat 1-yili uchun ajratiladi.

TU Delft oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi zarur:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.
  2. Nomzod 2019-yil 1-dekabrgacha universitetning 2 yillik MSc kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursida o’qishni tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzod a’lochi, yuqori potensialli bo’lishi va bu uning baholarida aks etishi zarur.
  6. Nomzodning avvalgi bosqichdagi baholar yig’indisi (GPA) 80 foizdan past bo’lmasligi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzodlardan Regular TU Delft’s MSc Programmes yo’nalishi bo’yicha 2 yillik magistratura (MSc) kursiga 2019-yil 1-dekabrgacha hujjat topshirishlari talab etiladi. MSc bo’yicha magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan nomzodlar Scholarship Application Form (ariza topshirish 2019-yil 1-oktabrdan boshlanadi. Shu sababli onlayn portal hozir yopiq)shaklini to’ldirib, aynan qaysi grant dasturiga hujjat topshirmoqchiligini belgilashi zarur.

Universitetning magistratura kursiga hujjat topshirish jarayoni haqida bu yerda batafsil bilib oling. Hujjat topshirish jarayonida yuzaga keladigan savollarga olygohning savol-javoblar bo’limidan javob topishingiz mumkin.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza. (ariza topshirish 2019-yil 1-oktabrdan boshlanadi.)
  2. IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.
  3. Shaxsiy bayonnoma
  4. Bakalavr diplomi
  5. Baholar/diplom ilovasi
  6. Passport nusxasi
  7. Hujjatlarni ko’rib chiqish uchun to’lov (120 yevro).

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +31 (0)15 27 89111
Email: info@tudelft.nl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!