×

Niderlandiya: Magistraturada o’qish uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

4880 marta

Niderlandiyada joshlashgan Leiden universiteti (Leiden University) 2019-yilda boshlanadigan magistratura kurslari uchun ajratilgan LExS grantlariga nomzodlardan arizalar qabul qilmoqda. Grantlar shu universitetdagi barcha magistratura kurslari uchun beriladi. Leiden Universitetidagi barcha magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

LExS grantini yutgan talabaga uning o’qishi tugagunga qadar grant ajratiladi. Grant miqdori 10000 yevro yoki 15000 yevroni tashkil etishi mumkin. Agar talaba grant yutgan kursning davomiyligi 1 yildan ortiq bo’lsa, keyingi yil ham grant olishi uchun birinchi yilda kamida 60ECTS (bu Yevropaning baholash tizimidagi baho ko’rsatkichi) to’plashi kerak. Bu grant to’liq grant emas va nomzod viza/vaqtinchalik yashashga ruhsatnoma olayotganda hisobida qolgan xarajatlar uchun yetarli mablag’i borligini ko’rsatishi kerak. Leiden Universitetida magistratura uchun kontrakt o’quv kursiga qarab 16800 yevrodan 25100 yevro oralig’ida. Kontraktlar summalari bilan batafsil tanishish uchun bu yerga tashrif buyuring.

Talablar:

Grantga da’vogarlik qilish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod Leiden Universiteti magistratura kurslarida ilgari o’qimagan bo’lishi kerak. Ba’zi kurslarda ikki xil magistratura kurslari ketma-ket o’qitilib, bir-biri uchun majburiy hisoblanadi, shunday kurslar bundan mustasno (masalan, LLM Advanced Studies Programmes).
  2. Nomzod Leiden Universiteti yoki boshqa manbadan boshqa to’liq grant olmayotgan bo’lishi kerak.
  3. Magistraturaning siz tanlagan kursining talablarini bilish uchun shu kurs bilan tanishib chiqing.
  4. Nomzod tanlagan magistrlik dasturidagi til talablariga mos bo’lishi kerak. Talab yo’nalishlarga qarab farq qiladi (IELTS 6.5; IELTS 7).

Dasturga qabul jarayoni:

LExS granti uchun hujjat topshirish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn ariza to’ldirilib, ariza to’lovi (agar bor bo’lsa) to’lanadi. Eslatma: har bir magistratura kursining o’z talablari va hujjat topshirish ko’rsatmalari mavjud. Kurslar soni kattaligi uchun har biriga to’xtalmadik. Sizni qiziqtirgan kursga kirib, talablari va hujjat topshirish jarayoni bilan tanishib chiqishingiz zarur.
  2. Onlayn arizaning grantlar bo’limida LExS grant dasturiga hujjat topshirmoqchi ekanligingizni ko’rsating.
  3. LExS granti uchun motivatsion xatingizni arizada ko’rsatilganidek ilova qiling. Motivatsion xatda nega hujjat grant zarurligi va grant uchun munosib ekaningizni yoritib bering, xatning uzunligi 500 so’zdan oshmasligi kerak.
  4. Onlayn arizaning ichida LExS arizasi ham bor, bir-bir-ga qo’shilgan bu arizalarni (biri kurs uchun, biri grant uchun ariza, ikkalasi bitta hujjatga joylangan bo’ladi) hujjat topshirishning so’nggi muhlatidan kechiktirmay topshiring. 2019-yil fevralda boshlanadigan kurslar uchun oxirgi muddat 1-oktabr, 2019-yil sentabrda boshlanadigan kurslar uchun oxirgi muddat 2018-yil 1-sentabr, LLM Advanced Studies & Msc International Relations and Diplomacy kurslari uchun oxirgi muddat 2019-yil 1-mart.
  5. Agar bir nechta magistratura kursi uchun bir vaqtning o’zida ariza topshirib, har biri uchun grantga ariza bermoqchi bo’lsangiz, bu haqda arizangizda aniq qilib yozib qo’ying va nechta kursga ariza berayotgan bo’lsangiz, har biri uchun alohida motivatsion xat ilova qiling.

Natijalar arizalarga qabul yopilgandan 6 hafta o’tib e’lon qilinadi. Fevraldagi kurs uchun hujjat topshirgan bo’lsangiz noyabr oxirida, sentabrdagi kurs uchun hujjat topshirgan bo’lsangiz aprel oxirida natijalaringiz chiqadi. Hujjat topshirish va qabul masalalarida berilgan savollarga javoblar bu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!