×

Niderlandiya: Tibbiyot yoʻnalishi uchun 4 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

01.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2602 marta

Niderlandiyada joylashgan  Universiteit van Amsterdam oliygohi Academic Medical Centre of the Universiteit van Amsterdam (AMC –UvA) fakulteti 2020-yilda sentabrda yoki 2021-yil fevralda oʻqishni boshlaydigan magistratura talabalari uchun Amsterdam Merit Scholarship dasturi taklif etmoqda. Grant Tibbiyot Fakultetining Medical Informatics (MS) yo’nalishi boʻyicha 2 yillik magistratura kurslariga qabul qilingan Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi davlatlaridan boʻlgan va chet ellik talabalar uchun ajratiladi. Grantlar shu kursga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi iqtidorli talabalarni qo’llab – quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida stipendiatga 4 000 yevro miqdoridagi mablagʻ ajratiladi. Stipendiya kundalik xarajatlar yoki turar joy uchun sarflanishi mumkin (grant yutib olgan talaba oʻqish toʻlovidan toʻliq/qisman ozod etilmaydi).

Dastur bir oʻquv yili uchun moʻljallangan boʻlib, talabaning birinchi bosqichdagi koʻrsatkichlari 80 foiz va undan yuqori boʻlganida keyingi bosqich uchun uzaytirilishi mumkin.

Oliygohning Faculty of Medicine (AMC) fakultetida ta’lim olish xatajatlari haqida shu yerda bilib oling.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod chet ellik yoki Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi davlatlari fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod Gollandiyada o’qish uchun boshqa grant yoki kredit («Studiefinanciering») olmasligi kerak.
  3. Nomzod Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi davlatlaridan boʻlgan talabalar uchun beriladigan kamaytirilgan oʻqish toʻlovini (reduced tuition fee rate) imtiyoziga ega boʻlmasligi kerak.
  4. Nomzod AMC –UvA`ning Medical Informatics (MS) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga qabul qilinishi kerak.
  5. Nomzod universitet qabul talablariga javob berishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 7.0/TOEFL iBT 100 va undan baland).
  8. Nomzod Medicine, Health Sciences, Biomedical Sciences, Computer Science yoki shunga yaqin yoʻnalish boʻyicha bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  9. Nomzodlar erishgan akademik ko’rsatkichlari, berilgan tavsiyanomalar, chop etgan maqola va nashrlari hamda motivatsion xatlari asosida saralanadilar.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar hamda grantni yutib olish tartib – qoidalari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar universitetning International Office bo’limiga Digital Student Service Desk orqali topshirilishi mumkin. ariza topshirish muhlati 2020-yil 1-iyun (2020-yil sentabr uchun) yoki 1-noyabr (2021-yil fevral) uchun.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar suhbatga taklif etiladilar.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Motivatsion xat (500 soʻzdan koʻp boʻlmagan).
  3. Tavsiyanoma.
  4. Darsdan tashqari mashgʻulotlar (nomzodning erishgan xalqaro tajribalari, professional sport yoki musiqa bilan shugʻullanishi, ko’ngillilar uchun dasturlarda istiroki kabilar boʻyicha tajribasi).

Hujjat topshirish jarayoni (oliygohga):

Universitetga hujjatlar onderwijs-mi@amc.uva.nl manzili boʻyicha e-mail orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni bilan shu yerda batafsil tanishing.

Hujjat topshirish jarayonidagi barcha savollar bilan pre-master-MI@amc.uva.nl manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (nima sababdan aynan shu kursga hujjat topshirilayotganligi koʻrsatilishi kerak).
  2. Tavsiyanoma.
  3. Bakalavr diplomi nusxasi.
  4. Baholar (diplom ilovasi).
  5. CV (nomzodning oʻqish va mehnat faoliyati, qatnagan qoʻshimcha kurslari koʻrsatilishi kerak).
  6. Til sertifikati (IELTS 7.0/TOEFL iBT 100 va undan baland).

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Tarjima qilingan hujjatlarning barchasi notarius orqali tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Tel: +31 (0) 20 566 5088

E-mail: pre-master-MI@amc.uva.nl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!