Maastricht Universiteti bakalavr bosqichida o’qishni istovchilar uchun stiendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur iqtidorli talabalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan. Stipendiya dasturining davomiyligi maksimal 36 oy.
O’qish sohasi: Ushbu dastur Maastricht universitetining «Liberal Arts and Sciences» fakultetida mavjud yo’nalishlarga amal qiladi (Fakultetda mavjud sohalar: Psychology of Eating, Economics, and Behavioral Change, Biology, Epidemiology of Food, Biochemistry, Datamining va boshqalar)
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni istovchilar
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Stipendiyani qo’lga kiritgan talaba quyidagi iqtisodiy qulayliklarni qo’lga kiritadi:
- Miqdori 10.000 yevro bo’lgan ta’lim puli (tuition fee) to’lab beriladi.
- Viza xarajatlari – 317 yevro qoplanadi.
- Sug’urta xarajatlari – 520 yevro qoplanadi.
- Kundalik xarajatlar uchun har oy – 500 yevro stipendiya beriladi.
- Turar joy bilan ta’minlanadi.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar fuqarosi bo’lmaganlar.Talablar:
- Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat fuqarosi bo’lmasligi lozim.
- Nomzod iqtisodiy jihatdan ko’makka muhtoj bo’lishi va «Liberal Arts and Sciences» fakultetiga kuzgi semestrga qabul qilinishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi shart. IELTS minimum 6.0 ball bo’lishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzodlar SHU HAVOLA orqali ro’yxatdan o’tishi va MyUM bo’limida so’ralgan hujjatlarni onlayn tarzda yuklashi lozim. Bunda ARIZA to’ldiriladi va nomzodning iqtisodiy holatini ko’rsatuvchi hujjat ham yuklanadi (masalan, ota-onasining maoshini tasdiqlovchi hujjatlar). Tanlov natijalari mart/aprel oylarida ma’lum qilinadi.