×

Niderlandiya: To’liq grant va 500 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

05.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1799 marta

Maastricht Universiteti bakalavr bosqichida o’qishni istovchilar uchun stiendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur iqtidorli talabalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan. Stipendiya dasturining davomiyligi maksimal 36 oy.

O’qish sohasi: Ushbu dastur Maastricht universitetining «Liberal Arts and Sciences» fakultetida mavjud yo’nalishlarga amal qiladi (Fakultetda mavjud sohalar: Psychology of Eating, Economics, and Behavioral Change, Biology, Epidemiology of Food, Biochemistry, Datamining va boshqalar)

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni istovchilar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo’lga kiritgan talaba quyidagi iqtisodiy qulayliklarni qo’lga kiritadi:

  • Miqdori 10.000 yevro bo’lgan ta’lim puli (tuition fee) to’lab beriladi.
  • Viza xarajatlari – 317 yevro qoplanadi.
  • Sug’urta xarajatlari – 520 yevro qoplanadi.
  • Kundalik xarajatlar uchun har oy – 500 yevro stipendiya beriladi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar fuqarosi bo’lmaganlar.

Talablar:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod iqtisodiy jihatdan ko’makka muhtoj bo’lishi va «Liberal Arts and Sciences» fakultetiga kuzgi semestrga qabul qilinishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi shart. IELTS minimum 6.0 ball bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar SHU HAVOLA orqali ro’yxatdan o’tishi va MyUM bo’limida so’ralgan hujjatlarni onlayn tarzda yuklashi lozim. Bunda ARIZA to’ldiriladi va nomzodning iqtisodiy holatini ko’rsatuvchi hujjat ham yuklanadi (masalan, ota-onasining maoshini tasdiqlovchi hujjatlar). Tanlov natijalari mart/aprel oylarida ma’lum qilinadi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Maastricht Universiteti

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!