×

Niderlandiya: Xalqaro huquq sohasidagi yozgi kurslar uchun grantlar; turar joy va safar xarajatlari uchun ham mablagʻ ajratiladi!


Grant

MUHLAT

31.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

9282 marta

Niderlandiya joylashgan Gaaga xalqaro huquq akademiyasi xalqaro huquq sohasida tahsil olayotgan talabalar hamda shu soha mutaxassislarini (huquqshunos, diplomat, advokat va h.k) har yili tashkil etiladigan qishki va yozgi kurslarida qatnashishga taklif qiladi.

2024-yilda quyidagi yozgi kurslar taklif etiladi:

  • Public International Law kursi – 2024-yil 8-26-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.
  • Private International Law kursi – 2024-yil 19-iyul – 16-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Kurslar dasturini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Talaba, tadqiqotchi va soha mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar ushbu kurslarga oʻz hisobidan yoki grant asosida qatnashish uchun ariza berishi mumkin.

Grant asosida oʻqishga topshirib, grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kursga qatnashish toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  • Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi. Bu kompensatsiya Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekistondan boʻlgan ishtirokchilar uchun 350 yevroni tashkil qiladi. Bu summa kurs yakunida 2-klass poyezd yoki ekonom-klass samolyot chiptasi koʻrsatilganidan soʻng bank oʻtkazmasi orqali ishtirokchiga oʻtkazib beriladi.
  • Kurs boshlanishidan oldin 600 yevro mablagʻ beriladi. Buni ishtirokchilar turar joy toʻlovi uchun ishlatishi mumkin.

Odatda ishtirokchilarning taxminan 15 foiziga grant ajratiladi.

Oʻz hisobidan qatnashmoqchi boʻlganlar uchun kursda oʻqish toʻlovlari quyidagicha:

  • Bitta kursga qatnashilsa – 1300 yevro.
  • Har ikkala kursga qatnashilsa – 2300 yevro.

Shuningdek, oʻz hisobidan qatnashuvchilar borish-kelish va turar joy xarajatlarini ham oʻz hisobidan qoplashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  • Nomzod kamida 4 yillik oliy taʼlimni tamomlagan hamda oʻqish davomida “Xalqaro Huquq” fani bo’yicha ma’ruzalar tinglagan bo’lishi kerak; yoki kurs boshlanishida huquqshunoslik bo’yicha kamida 3 yillik ilmiy darajaga ega boʻlishi (bakalavriat yoki boshqa) kerak; yoki kurs boshlanishida huquqshunoslik sohasida bakalavriatning 3-kursini tamomlagan talaba bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’zida iqtidor va sohaga bo’lgan kuchli qiziqish namoyon etishi zarur.
  • Nomzod ruhan va aqlan sog’lom bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz yoki fransuz tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Avval kurslardan birida qatnashish uchun grant yutib olgan nomzodlar yana grantga ariza topshira olmaydi.
  • Har ikkala kurs uchun grantga topshirib boʻlmaydi, faqat bitta kurs uchun grantga topshirish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Y0zgi kurslarga arizalar 2024-yil 31-yanvarda nihoyasiga yetadi. Arizalar faqatgina ariza topshirish PLATFORMASIDA onlayn tarzda qabul qilinadi. Pochta yoki email orqali ariza topshirib boʻlmaydi. Ariza topshirish uchun dastlab hisob (account) yaratish lozim.

Ariza topshirish jarayonida nomzod oʻzi ishlatadigan emailni kiritishi kerak, bu email orqali kurs tashkilotlchilari ariza natijalari va boshqalar haqida xabardor qiladi. Hujjatlarning barchasi PDF formatda yuklanishi kerak, faqat nomzodning rasmi JPEG formatida bo’lishi kerak. Agar ariza topshirish jarayonida muammolarga duch kelsangiz, boshqa brauzerdan kirib koʻring.

Ariza topshirish jarayonida oʻz hisobidan oʻqishni xohlovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi loizm (hujjatlar ariza topshirishga kirishishdan oldin tayyorlab qoʻyilishi kerak):

  1. Passport yoki ID karta nusxasi.
  2. Nomzodning rasmi.
  3. Talabalar oliygohda o’qishini tasdiqlovchi hujjat topshirishi lozim.
  4. Mutaxassislar ish joyidan ma’lumotnoma topshirishi kerak, unda kompaniya / tashkilot nomzod chindan shu joyda ishlayotganini tasdiqlashi kerak.
  5. Nomzodning universitetda olgan eng oxirgi ilmiy darajasi diplomi yoki agar nomzod talaba boʻlsa, talaba hali endi ilmiy daraja olishi haqidagi maʼlumotnoma (buning oʻrniga universitetdagi rasmiy baholar nusxasi ham oʻtadi).

Hujjatlar ingliz yoki fransuz tilida boʻlmasa, nomzodning oʻzi shu tillardan biriga tarjima qilib, hujjatning asli va tarjimasini topshirishi kerak. Bunda nomzod tarjimadaa tarjimaning asliga toʻgʻri ekani haqida bayonotni ham qoʻshib, ism-familiya, joy, sana va imzo bilan tasdiqlashi lozim.

Grant asosida oʻqish uchun ariza topshiriuvchilar yuqorida sanalgan (oʻz hisobidan oʻqishni xohlovchilar topshiradigan) barcha hujjatlarni topshiradi va ularga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ham taqdim etishi kerak:

  1. CV.
  2. Grantga ariza topshirish sababi ifodalangan xat (kompyuterda yoziladi, maksimal 1,5 bet).
  3. Xalqaro huquq oʻqituvchisidan tavsiyanoma. Tavsiyanoma professor tomonidan scholarships-bourses@hagueacademy.nl elektron manziliga yuborilishi lozim.

Hujjatlar va ularning qay tartibda topshirilishi haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni rasmiy sayti va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun:

Tel.: +31 – 70 – 302 42 42
Email: info@hagueacademy.nl 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!