×

Niderlandiya: Yoshlar forumi; yutuq – Amsterdamga sayohat va Hindistonda stajirovka!


Grant

MUHLAT

10.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2920 marta

Niderlandiyaning Youth Time International Movement kompaniyasi Amsterdam shahrida o‘tkaziladigan 5th Youth Global Forum 2019 forumida qatnashishga taklif etadi. Forumning bu yilgi mavzusi: Inclusive Development vs Industry 5.0: Where is the future?” Ushbu forum o‘z loyihalarini ishlab chiqish va boshlash istagida bo‘lgan magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari, start-upchilar va yangi ish boshlaganlar uchun ochiq.

Forum 2019-yil 2-6-dekabr kunlari Amsterdamda bo‘lib o‘tadi.

Grant kimlar uchun?

20-35 yoshgacha boʻlgan magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari, startupchilar va yangi ish boshlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumda loyiha bilan qatnashish chet eiliklar uchun 350 yevro. Tomoshabin sifatida qatnashish haqi – 1 000 yevro.

Forumda g‘olib bo‘lgan eng yaxshi, eng istiqbolli loyiha mualliflariga:

  • Loyiha egalariga International Youth Society Of Eco Friendly Renewable Technology (India)da stajirovka o‘tash imkoniyati yaratiladi.

Forumda qatnashishga stipendiya yutib olgan nomzodlarning esa forum dasturi davomida Amsterdamda yashash, ovqatlanish va safar xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza berishi mumkin.
  2. Nomzod taqdim etgan loyiha forum yo‘nalishiga mos kelishi kerak.
  3. Forumda 20 dan 35 gacha yoshdagi nomzodlar qatnasha oladi.
  4. Forumda magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari, start-upchilar va yangi ish boshlaganlar ishtirok eta oladi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Forumga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Forumda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Nomzodlarning arizalari 2019-yil 10-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ariza to‘ldirilayotganda tizimga shaxsiy ma’lumotlar, loyihaga oid ma’lumotlar hamda loyiha taqdimoti yuklanadi.

Ishtirok uchun 200 ta so‘zdan iborat motivatsion xat va 1 daqiqalik video yozib topshirish kerak bo‘ladi.

Hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar noodatiy va kreativ g‘oya, innovatsiya, ijtimoiy ahamiyatlilik kabilarga asosan saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin te fursatda ma’lum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!