×

Nigeriya: bepul liderlik tayyorlov dasturi va stipendiya


Grant

MUHLAT

05.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

3516 marta

Nigeriyadagi Ondo Qirolligida joylashgan Green Institute tomonidan taklif etilayotgan 12 oylik hamkorlik dasturi – Green Fellowship’ga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan “yashil” g’oyalarni shakllantirish va amaliyotga tadbiq qilish uchun yoshlarni kerakli bilim va tayyorgarlik bilan ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan. Ushbu hamkorlik dasturiga yashil g’oya hamda innovatsiyalarga ega, ekologiyani muhofaza qilishni o’z oldiga maqsad qilgan va o’z g’oyalarini amalga oshirishni xohlovchi yoshlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan oshgan yetakchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturga qabul qilingan shaxs bir yil davomida turli kurslar va maxsus treninglarda bepul ishtirok etishi mumkin bo’ladi. Unga oylik stipendiya ham beriladi.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilindi:

  1. Ushbu dastur 18 yoshdan oshgan barcha uchun ochiq.
  2. Nomzod o’zi yashab turgan muhitdagi ekologik muammolarni tushunib, ularga yechim izlayotgan va bu borada ba’zi g’oyalarga ega bo’lishi zarur. Dastur qabul jamoasi nomzoddan talab qiladigan eng muhim va birinchi talab – nomzod atrof-muhitdan nima uchun havotirga tushayotgani va nega bu vaziyatni yaxshilamoqchi ekanligini ko’rsatib berishi zarur.
  3. Nomzodda yuksak yetakchilik qobiliyati bo’lishi kerak. U biror kompaniya, tashkilot yoki loyihada yetakchilik qilayotgan bo’lishi shart. Nomzod o’z vazifasini bajarish jarayonida yetakchilik qobiliyatini qanchalik yaxshilaganini hamda loyihani amalga oshirish uchun kerakli resurslarni jalb qila olishini ko’rsatishi lozim.
  4. Nomzod taklif qilayotgan g’oya innovatsion ruhda bo’lishi zarur. G’oyalar original va o’ziga xos bo’lishi kerak. Bunda nomzod o’z g’oyasi ilgari ham sinab ko’rilgan loyihalardan farq qilishini ko’rsatishi kerak.
  5. Nomzod taklif etayotgan g’oya ham mahalliy, ham global darajada ijobiy natijalar ko’rsatishi zarur. Qabul jarayonida nomzod bu qanday amalga oshishini izohlab berishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, dasturga qabul qilingach Ondo Qirolligiga bir yil muddatga ko’chib o’tish va u yerda keyinchalik haftasiga 35 soat ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun 2018-yil 5-dekabrdan kechiktirmay onlayn ariza topshirish kerak. Ariza to’ldirishda quidagi hujjatlarni ilova qilish zarur:

  1. Shaxsiy bayonot (Personal statement) – bunda nomzod nega Green Fellowship dasturida qatnashmoqchi ekani va dasturdan nimalarni umid qilayotgani haqida yozishi kerak.
  2. Loyiha bayonoti (project statement) – bunda nomzod 6 oylik loyihasi haqida yozishi va uning qanday foyda keltirishini ko’rsatib berishi zarur. Loyihani amalga oshirish davomida qanday qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi hamda imkoniyatlarni ham yoritish kerak.
  3. 2-3 ta tavsiyanoma – tavsiyanomalarni o’qituvchi, murabbiy, imiy rahbar kabi nomzodni yaxshi biladigan shaxslar berishlar mumkin.

Natijalar yanvar o’rtalariga kelib e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun greenthecampus@gmail.com elektron manziliga (bu manzilga xat yozsangiz, sarlavhasiga “GREEN FELLOWSHIP” deb yozishni unutmang) murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!