×

Nikon’dan fototanlov: 4 731 AQSh dollari va fotoapparat yutib olish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

25.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4375 marta

Nikon kompaniyasi tomonidan 1969-yildan buyon o’tkazib kelinadigan Nikon Photo Contest fototanlovining bu yilgi qabuliga ham arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu fototanlov professional va havaskor fotosuratchilarga o’zlari tushirgan fotosuratlarni ommaga havola etish va fotosuratlari orqali yetkazmoqchi bo’lgan g’oyalarini yetkazib berish imkoniyatini beradi. Shuningdek, tanlovga qisqa metrajli filmlar ham qabul qilinadi. Tanlovdan maqsad iqtidorli fotosuratchilarni va ijodkorlarni rag’batlantirish.

Tanlov suratlar va qisqa metrajli filmlar yo’nalishlari bo’yicha o’tkaziladi. Ushbu ikkala yo’nalishda ham 25 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar uchun «next generation» nomi ostida alohida saralash bo’lib o’tadi.

Fotosuratlar uchun: «Open Category» yo’nalishiga «Connect» mavzusida 2-5 ta surat topshiriladi. Suratlar mazmun jihatdan bir-biriga bog’langan seriya tarzida ham, alohida-alohida bo’lishi ham mumkin. Next Generation yo’nalishi uchun «passion» mavzusida suratlar qabul qilinadi.

Qisqa metrajli filmlar uchun: «Short Film Competition» yo’nalishiga «Connect» mavzusida davomiyligi 180-300 soniyali filmlar taqdim etiladi. Next Generation yo’nalishi uchun «Passion» mavzusidagi filmlar topshiriladi.

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  1. Asosiy sovrin – 500000 yena (taxminan 4 731 AQSh dollari) pul mukofoti. FIlmlar va fotosuratlar uchun bittadan asosiy sovrin belgilangan.
  2. Suratlar va filmlar yo’nalishlarida 2 nafardan, jami 4 nafar ishtirokchiga «Excellence Award» mukofoti sifatida fotoapparat (fotosuratlar yo’nalishi uchun Z 7 modeli, filmlar yo’nalishi uchun Z 6 modeli) va NIKKOR Z linzalari taqdim etiladi.
  3. Suratlar va filmlar yo’nalishlarida 8 nafardan, jami 16 nafar ishtirokchiga «Special Encouragement Award» mukofoti sifatida fotoapparat (fotosuratlar yo’nalishi uchun Z 5 modeli, filmlar yo’nalishi uchun Z 50 modeli) va NIKKOR Z linzalari taqdim etiladi.
  4. Fotosuratlar va filmlar yo’nalishida bir nafardan ishtirokchining har biriga Nikon Selection Award mukofoti sifatida fotoapparat (fotosuratlar yo’nalishi uchun Z5 modeli, filmlar yo’nalishi uchun Z 50 modeli) va NIKKOR Z linzalari sovg’a qilinadi.
  5. Barcha g’oliblarning ishlari Nikon ko’rgazmalari hamda internetdagi sahifalarida namoyish etiladi.

Talablar:

Tanlovga topshiriladigan ishlarga texnik talablar quyidagicha:

  1. Suratlarning hajmi 20MBgacha, formati JPEG yoki 150dpi va rang modeli sRGB bo’lishi kerak.
  2. Videolar harakatdagi va qotirilgan tasvirlardan iborat bo’lishi va davomiyligi 6-180 soniya bo’lishi, formati MOV yoki MP4, va video turi 264 MPEG-4VC bo’lishi zarur.
  3. Videolar MOV yoki MP4 formatida, davomiyligi 180-300 soniya, hajmi 600 MB dan oshmasligi kerak. Video istalgan qurilmada tushirilishi mumkin. Next Generation yo’nalishi uchun nomzodning yoshi 2020-yil 31-dekabr sanasiga ko’ra 25 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.

Tanlovda qatnashish qoidalari:

  1. Yanlovda fotosuratlar yoki videolar bilan ishtirok etish mumkin. Ularning qanday qurilma orqali tushirilganining ahamiyati yo’q.
  2. Tanlovga fotosurat taqdim etishda yoki yakka suratlar yoki seriyali suratlar jo’natilishi mumkin. ikkalasini ham topshirish mumkin, suratlarning umumiy soni 10 tadan oshmasa bas.
  3. Bir ishtirokchi faqat bitta video bilan ishtirok etishi mumkin.
  4. Tanlovga taqdim etilgan ishlar ilgari boshqa tanlovlarda qatnashmagan bo’lishi va Nikon Photo Contest’ga berilgach, boshqa tanlovlarga topshirilmasligi ham kerak. agar bu qoida buzilsa, nomzodning ishlari ko’rib chiqilmaydi. Taqdim etilgan ishlar qatnashchining shaxsiy blog yoki shaxsiy onlayn galereyalarida chop etlgan bo’lsa bo’ladi,
  5. lekin tijoriy maqsadlarga ko’ra chop etilgan ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga fotosurat va filmlarni 2020-yil 22-oktyabrdan boshlab yuborishingiz mumkin. Tanlovga qabul ochilgach, bu saytda ariza topshirish mumkin bo’ladi. Arizalar quyidagi sanalargacha qabul qilinadi:

Fotosuratlar uchun, Open Category – 2021-yil 25-yanvargacha;

Fotosuratlar uchun, Next Generation Category – 2021-yil 1-fevralgacha;

Qisqa metrajli filmlar uchun, Open Category – 2021-yil 8-fevralgacha;

Qisqa metrajli filmlar uchun, Next Generation Category – 2021-yil 15-fevralgacha.

Natijalar iyul oyida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish oldidan maxsus nizom bilan tanishib chiqing (bu muhim)!

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!