×

Nikon’s Small World fotosuratlar tanlovi: mikroskopda tushirilgan surat va videolar uchun 3000 AQSh dollarigacha mukofot!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1091 marta

Nikon tomonidan tashkil etilgan Nikon’s Small World fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga mikroskop orqali tushirilgan suratlar qabul qilinadi.

Mikroskopik hayotni aks ettiruvchi fotosuratlar uchun tashkil etib kelinadigan tanlovlar ichida Nikon’s Small World tanlovi yetakchilardan hisoblanadi. Tanlov 46 yildan buyon o’tkaziladi. 

Tanlov tarkibida ikkita alohida yo’nalish mavjud. 

Photomicrography Competition yo’nalishi fotosuratlar uchun mo’ljallangan. Bu yo’nalish uchun mikroskopda tushirilgan foto suratlar qabul qilinadi. Tanlovning ushbu yo’nalishida avvalgi yillarda g’olib chiqqan suratlar galereyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Small World In Motion yo’nalishi esa mikroskopda tushirilgan videolar uchun mo’ljallangan. O’tgan yillardagi tanlovlarda g’olib bo’lgan videolarni bu yerda ko’rishingiz mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Photomicrography Competition yo’nalishi:

  • 1-o’rin uchun 3000 AQSh dollari;
  • 2-o’rin uchun 2000 AQSh dollari;
  • 3-o’rin uchun 1000 AQSh dollari;
  • 4-o’rin uchun 800 AQSh dollari;
  • 5-o’rin uchun 600 AQSh dollari;
  • 6-o’rin uchun 400 AQSh dollari:
  • 7-10 o’rinlar uchun har biriga 300 AQSh dollari;
  • 11-20 o’rinlar uchun har biriga 200 AQSh dollari;
  • Honorable Mention: 100 AQSh dollari.

Small World in Motion yo’nalishi:

  • 1-o’rin uchun 3000 AQSh dollari;
  • 2-o’rin uchun 2000 AQSh dollari;
  • 3-o’rin uchun 1000 AQSh dollari;
  • 4-o’rin uchun 800 AQSh dollari;
  • 5-o’rin uchun 600 AQSh dollari;
  • Honorable Mention: 100 AQSh dollari.

Talablar:

Photomicrography Competition:

  • Nomzod 18 yoshdan oshgan bo’lishi kerak.
  • Bitta ishtirokchi 3 tagacha fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Fotosuratlar formati JPEG, PNG yoki TIFF bo’lishi zarur.
  • Fotosuratlarning hajmi, o’lchami va sifatiga ko’ra eng yuqori sifatli nusxalari taqdim etilishi kerak.
  • Suratlar mikroskopda olingan bo’lishi kerak.
  • Surat boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan va chop etilmagan bo’lishi lozim. Barcha qoidalar bilan bu yerda batafsil tanishib chiqishni unutmang.

Small World in Motion:

  • Nomzod 18 yoshdan oshgan bo’lishi kerak.
  • Bitta ishtirokchi 3 tagacha video bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Format: .mp4, .mpg, .wmv, .avi, .or .mov.
  • Videolarda ovoz va grafik elementlar bo’lmasligi kerak.
  • Videolarning hajmi, o’lchami va sifatiga ko’ra eng yuqori sifatli nusxalari taqdim etilishi kerak.
  • Video va suratlar yorug’lik mikroskoplarida olingan bo’lishi kerak. 

Video boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan va chop etilmagan bo’lishi lozim. Barcha qoidalar bilan bu yerda batafsil tanishib chiqishni unutmang.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 30-aprelgacha ariza berish zarur. Arizani bu yerda to’ldirishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!