×

NINE DTP: Buyuk Britaniyadagi nufuzli universitetlarda magistratura va doktorantura uchun grant va 15 285 funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

22.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1446 marta

Buyuk Britaniyadagi Durham, Newcastle, Northumbria, Teesside, Sunderland, Queen’s va Ulster universitetlarida magistratura+doktorantura yoki doktorantura qo’shma tadqiqot kurslari uchun beriladigan NINE DTP grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. 

Grantlarni 3 yillik doktorantura kurslariga, yoki, hali magistratura kursida o’qimagan nomzodlar uchun 1+3 shaklidagi qo’shma 1 yil magistratura, 3 yil doktorantura kurslarida, 3,5 yillik doktorantura+tadqiqot usullari kurslarida hamda tilshunoslik bo’yicha 2+3 shaklidagi magistratura+doktorantura kurslarida o’qish uchun yutib olish mumkin. Ham full-time, ham part-time kurslar uchun grant beriladi. 

Ushbu dasturga 2020-yilgacha faqat Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari hujjat topshirish huquqiga ega bo’lgan. 2020-yil oktyabrdan boshlab bu cheklov bekor qilinib, dunyoning barcha davlatlaridan bo’lgan talabalar grant uchun nomzodlikka qo’yilishi mumkin etib belgilandi. Hozir 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Dastur doirasida 40-50 nafar talabaga grant ajratiladi. Shundan 30% qismi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlatlar fuqarolari uchun mo’ljallangan. 

Eslatma: 1+3, 2+3 shaklidagi magistratura+doktorantura kurslari oddiy magistratura va doktorantura kurslaridan farq qiladi. Bunday kurslarga bir marta ariza beriladi va talaba magistratura hamda doktorantura kursini ketma-ket, alohida ariza topshirmasdan o’qiydi. O’qish davomiyligi ham 4 yil yoki 5 yil bo’lib, ham magistratura, ham doktorantura diplomi beriladi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grant yutib olgan talabaga kontrakt to’lovining 4407 funt sterling qismi to’lab beriladi. Kontraktning qolgan miqdorini to’lash talabaning o’z zimmasida bo’ladi. 
  • Talabaga yiliga 15 285 funt sterling stipendiya beriladi.
  • Tadqiqot xarajatlari uchun qo’shimcha mablag’ ajratiladi.

Grantlar o’quv kursi yakuniga yetgunicha har yili beriladi.

Talablar:

  • Nomzod ijtimoiy fanlar yo’nalishlarida bakalavr diplomiga yoki ish tajribasiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Bir yil magistratura qo’shilgan doktorantura kurslari emas, 3 yil davom etadigan doktorantura kurslariga to’g’ridan-to’g’ri qabul uchun magistratura diplomi talab etiladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS, TOEFL kabi testlardan qanday ballar talab qilinishi qaysi universitet va kurs tanlanganiga bog’liq. Bu ma’lumotni universitet veb saytlaridan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

NINE DTP grantlari ko’rsatilgan universitetlarda o’qish uchun beriladi va grantga arizalar shu universitetlarga topshiriladi. Grantni yutib olish uchun nomzod o’zi hujjat topshirgan universitetdagi ilmiy rahbari (supervisor) tomonidan tavsiya etilishi zarur. 

Shuning uchun avvaliga NINE DTP dasturiga a’zo universitetda tadqiqot uchun ilmiy rahbar topish, keyin kurslarga hujjat topshirish kerak. Hujjat topshirish jarayoni va qabul talablari ham universitetlarga qarab farq qiladi, shuning uchun biror universitet tanlab, kerakli ma’lumotlar bilan yaxshilab tanishib chiqishingiz zarur.

Ilmiy rahbar bilan kelishganingizdan so’ng, ilmiy rahbar ushbu hujjatni to’ldirib, nomzodingizni grantga tavsiya qiladi. Nomzodlikka tavsiyalar 22-yanvargacha topshirilishi zarur. Buning uchun ancha avvaldan universitet va tadqiqot mavzusi tanlash, ilmiy rahbar topish harakatlarini boshlash talab etiladi.

Hujjat topshirish oldidan grant dasturi nizomi bilan tanishib chiqing. Hujjatlarni quyidagi universitet veb saytlari orqali topshirish mumkin:

Durham universiteti

Newcastle Universiteti

Northumbria Universiteti

Teesside Universiteti

Sunderland Universiteti

Queen’s Universiteti

Ulster Universiteti

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!