×

Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan insholar tanlovida qatnashib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!


Grant

MUHLAT

19.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

5386 marta

ICYF Yevroosiya mintaqaviy markazi buyuk shoir va mutafakkir nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan “Nizami – poet for all humanity” mavzusida xalqaro insholar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlov maqsadi yoshlarni shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviyning musulmon madaniyatidagi oʻrni haqida xabardor qilish, shuningdek, yoshlarga Ganjaviy merosini oʻqitish, yoshlar oʻrtasida Ganjaviy ishlarini targʻib qilish va umummaʼrifiy faoliyatni tashkil etishdir.

Insholar ingliz tilida, “Nizami – poet for all humanity” mavzusida yozishilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

16-36 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1 nafar 1-oʻrin – 300 dollar.
  • 1 nafar 2-oʻrin – 200 dollar.
  • 1 nafar 3-oʻrin – 150 dollar.
  • 2 nafar alohida eʼtirofga sazovor insho muallifi – 100 dollardan.

Mukofotlash marosimi onlayn tarzda oʻtkaziladi. Marosim sanasi va vaqti keyinchalik eʼlon qilinadi.

Talablar:

Tanlovda 16 yoshdan 36 yoshgacha boʻlgan, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning fuqarolari qatnashishi mumkin (Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston ham Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo).

Inshoga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Insholar “Nizami – poet for all humanity” mavzusida ingliz tilida yozilishi kerak.
  • Insho soʻzlari soni minimal 700, maksimal 1500 ta boʻlishi kerak.
  • Insho Word faylda, Times New Roman, 14 shriftida, 1 interval oraliqda yozilishi kerak.

Insholar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Originallik – oʻziga xoslik, gʻoya/fikrlarning oʻziga xosligi, yangiligi va haqiqiyligi.
  • Keng qamrovlilik – muallifning mavzuni qanchalik toʻliq va batafsil ochib berganligi.
  • Inshoni oʻz vaqtida tegishli veb-sayt yoki elektron pochta orqali yuborilishi.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar 2021-yil 19-dekabr, Oʻzbekiston vaqti bilan tungi 00:59 gacha qabul qilinadi. Inshoni DOC faylda boʻlishi hamda quyidagi usullardan biri orqali topshirilishi kerak:

  1. BU YERDAGI arizani toʻldirib, inshoni yuklaysiz; yoki
  2. projects@icyf-erc.org elektron manziliga inshoni yuborasiz.

Elektron pochta orqali yuborsangiz, xabarda ism, familiya, qaysi davlatdan ekaningiz va telefon raqamingiz ham koʻrsatilishi kerak. Ariza shklini toʻldirish orqali topshirishda ham ushbu maʼlumotlarni yozish kerak boʻladi.

Gʻoliblar 2021-yil dekabr oyi oxirida ICYF Yevroosiya mintaqaviy markazining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilinadi. Markazning ijtimoiy sahifalari:

MUHIM: Inshoni topshirishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan projects@icyf-erc.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!