×

Gollandiya: magistratura uchun 70% gacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2324 marta

Gollandiyada joylashgan Erasmus Universiteti Biznes fakulteti tomonidan taqdim etiladigan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar magistratura kurslariga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan. Grantlar Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kirmaydigan davlatlar fuqarolari uchun ta’sis etilgan.

Dastur doirasida 2019-yildagi quyidagi kurslarga grant yutib olish mumkin:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Erasmus Universitetida kontrakt to’lovi 18000 yevro (Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy hududi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarolari uchun)ni tashkil etadi. Grant yutib olgan talabaga uning ko’rsatkichlariga asosan 30-70% grant beriladi va bu kontrakt to’lovidan chegirib qolinadi. Grant faqat 1 yil beriladi. Agar talaba 2 yillik magistratura kursiga o’qishga kirgan bo’lsa, keyingi yilgi kontrakt to’lovini o’zi to’lashi va bunga imkoniyati yetishini ko’rsatishi kerak.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod YI va YIZ tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi va Erasmus Universitetidagi 2019-2020 yilgi belgilangan MSc magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga (BSc) ega bo’lishi va baholari kamida 80% ni tashkil etishi kerak.
  3. Nomzod GMAT testini topshirgan va kamida 700 ball to’plagan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod umumiy qiymati 5000 yevrodan ko’p bo’lgan boshqa grantdan moddiy ta’minot olishi aniqlansa unga grant berilmaydi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirishdan oldin magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Buning uchun bu yerda 2019-yil 1-martga qadar ro’yhatdan o’tish kerak. MSc International Management/CEMS kurslariga grant uchun hujjatlar 2019-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi. Ro’yhatdan o’tgandan so’ng sizga grant hujjat topshirish uchun havola taqdim etiladi. Kursga hujjat topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun nomzodlikka qo’yiladi va saralash me’zonlariga asosan eng munosib deb topilgan talabalarga grant belgilanadi.

Ma’lumot uchun savol-jvoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki bu yer orqali universitet bilan bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!