×

Niderlandiya: PhD kurslari uchun 2099 yevro oylik stipendiya; joy – 250 tagacha!


Grant

MUHLAT

30.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

3796 marta

Gollandiyada joylashgan Groningen universiteti turli manbalar tomonidan tuzilgan dunyodagi eng yaxshi universitetlar ro’yxatlarining barchasida kamida kuchli yuztalikka kirgan va dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri sanaladi. Ushbu universitet hozirda Franco Ruzzenenti boshchiligidagi Fan va Muhandislik (Science and Engineering) fakultetining “Energy and Industry Network Dynamics” guruhi  uchun 4 yillik to’liq grant ajratgan va shu dastur uchun nomzodlardan arizalar qabul qilmoqda.

Ushbu PhD kurslarida talabalar atrof-muhitni ishlab chiqarish va mashinalardan chiqqan uglerodli birikmalardan sanoat va iqtisodiyotni sekinlashtirmagan holda tozalash yo’llari ustida bosh qotiradilar. Mavzu:The goal of de-carbonizing economy and society, without curbing economic growth and prosperity, poses a formidable challenge to mankind and science. On the one hand, it seems difficult, if not impossible, to put in practice such a formidable goal beyond the real intentions in an ever-changing technological, political and economic context. What are the best technologies, policies and practices to be pursued to achieved de-carbonization in the fastest and most effective way? On the other hand, this challenge raises fundamental, theoretical questions for science: what is the nexus between complexity and energy? What is a complex system and how we deal, methodologically, with it? In order to tackle the above challenges, environmental and energy studies need a paradigm change in the direction of complex system theory and physicists willing to undertake this new path of research.”

Ushbu grant dasturi loyihasi ishga tushganda (2016-yilda) 50-100 talaba qabul qilingan va 2017-2018-yilgi qabul uchun 150-250 o’rin ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan talaba ko’rsatilgan PhD kursiga o’qishga kiradi va 4 yil davomida oyiga 2099 yevro miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Universitet tirishqoq, o’z maqsadiga ega energiya va atrof-muhit mavzusiga qiziquvchi talabalarga ushbu grantni taqdim etadi. Barcha nomzodlar universitetning quyidagi talablariga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod Fizika bo’yicha Bachelor of Science diplomiga ega bo’lishi zarur;
  2. Nomzod fizikaga yaqin yo’nalishda Master of Science diplomiga ega bo’lishi kerak;
  3. Murakkab tizimlar fizikasi va statistik fizika yo’nalishlariga aloqador talabalarga saralash jarayonida ustunlik beriladi;
  4. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar

  1. Nomzod haqidagi shaxsiy ma’lumotlar kiritilgan, dasturga hujjat topshirishdan maqsadi va ilmiy darajalari ko’rsatilgan biriktirilgan xat (cover letter);
  2. To’liq CV – bu CV’ga nomzod haqidagi barcha ma’lumotlar, jumladan uning ilmiy yutuqlari, nashrlari ro’yxati kiritilishi lozim;
  3. Passport nusxasi;
  4. Magistrlik diplomining rasmiy nusxasi (ingliz tilida bo’lmasa, rasmiy tarjima rasmiy nusxaga ilova qilinadi);
  5. Magistraturada olingan baholarning rasmiy nusxasi (ingliz tilida bo’lmasa, rasmiy tarjima rasmiy nusxaga ilova qilinadi);
  6. Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi hujjat;
  7. Shaxsingizni tasdiqlashi mumkin bo’lgan, sizning akademik faoliyatingiz bilan tanish bo’lgan ikki odam (academic references)ning ism-shariflari va ularga bog’lanish uchun kerakli ma’lumotlar; (ilmiy rahbarlaringiz yoki o’qituvchilaringizni yozishingiz mumkin, bunda avval ularning roziligi olinishi kerak);
  8. Ko’rsatilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan g’oya – bu sizning tatqiqot taklifingizning qisqacha mazmuni bo’lib, hajmi 500 so’zdan oshmasligi zarur. Dastlabki saralashdan keyin saralab olingan nomzodlar o’z g’oyalarini kengroq yoritib berishlari so’raladi.
  9. Agar nomzod hali o’qishni tamomlamagan bo’lsa, universitetdan bu haqda rasmiy ma’lumotnoma berilishi zarur.

Hujjat topshirish jarayoni

Hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar yuqorida to’liq ko’rsatilgan mavzuda o’z tatqiqot takliflarini ishlab chiqishlari zarur. Ushbu tatqiqot taklifida quyidagi tatqiqot kabi savollari ham yoritilishi zarur: transport tarmog’i sifatida global qiymat zanjiri tahlili; suv-ovqat-energiya aloqasi; ishlab chiqarish tarmoqlarida mahalliy/global miqyosdagi dinamika; nosimmetriklik va tabiatdagi va iqtisodiyotdagi davrlarning o’zaro aloqasi; moliya-iqtisod-muhit munosabatlari; tarmoq nazariyasi va sanoat metabolizmi; rebound ta’siri uchun tarmoq asosida modellash; entropiya ishlab chiqarish va o’sishiga murakkab tarmoq nuqtai nazari.

Arizangizni onlayn tarzda bu yerda topshiring. Yuqoridagi barcha hujjatlar yig’ilganda onlayn arizani tashkil qiladi. Hujjatlaringizni jamlab, yagona PDF FAYL ko’rinishida taqdim eting.

Eslatmalar

  • Ma’lumot uchun: ruzzenenti@rug.nl (Franco Ruzzenenti).
  • Muhim savol-javoblar bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!