Shimoliy Germaniyada o’tkazib kelinadigan NordArt 2021 zamonaviy san’at ko’rgazmasi uchun ijodkorlardan san’at asarlari qabul qilish davom etmoqda. NordArt ko’rgazmasining 2020-yilgi mavsumi pandemiya sababli bekor qilingani sababli, 2020-yilgi ko’rgazmada ishtirok etish huquqini qo’lga kiritgan ijodkorlardan tashqari, yangi ishtirokchilardan ham arizalar qabul qilish davom etmoqda.
NordArt ko’rgazmasi Yevropadagi zamonaviy san’at ko’rgazmalari ichida eng yirigi hisoblanadi. Ushbu ko’rgazma 2021-yilning 5-iyun-10-oktyabr kunlari oralig’ida Germaniyaning ikki ochiq maydonida bo’lib o’tadi. Ulardan biri 22 000 kvadrat metrli ACO Wagenremise maydoni va ikkinchisi 100 000 kvadrat metrli haykaltaroshlik parki. Ko’rgazmaga har yili 100 000 dan ziyod kuzatuvchilar yig’iladi. Ko’rgazma bilan onlayn tarzda, virtual sayohat orqali tanishishingiz ham mumkin. Ko’rgazma va unda ishtirok etgan ijodkorlar haqida YouTube videolari ham mavjud.
Ko’rgazmaga, odatda, san’at asarlari yetkazish xizmatlari orqali yuboriladi. Ammo o’z asarlarini ko’rgazma maydoniga shaxsan o’rnatish istagidagi ijodkorlar (haykallar, chizilgan surat va instalyatsiyalar) “Artist in Residence” yo’nalishi bo’yicha ishtirok etishlari mumkin. Bunda ko’rgazma boshlanishidan bir muddat oldin yetib kelgan ijodkorlar bir necha kundan 4 haftagacha muddat oralig’ida o’z asarlarini maydonga yig’ishlari mumkin bo’ladi.
Ko’rgazmada dunyoning istalgan qismidagi ijodkorlar o’z asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Ko’rgazmada san’atning quyidagi yo’nalishlariga mos asarlar bilan ishtirok etishingiz mumkin:
- Haykaltaroshlik
- Fotografiya
- Rassomchilik
- Instalyatsiya.
Grant kimlar uchun?
Zamonaviy san’at ijodkorlari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ko’rgazmada bir nafar g’olibga 10 000 yevro pul mukofoti taqdim etiladi. Kuzatuvchilar eng munosib deb topgan uch nafar ishtirokchi esa 1 000 yevro bilan mukofotlanadi.
NordArt ko’rgazmasi notijorat ko’rgazma hisoblanadi va ishtirokchi hamda kuzatuvchilardan hech qanday to’lov qabul qilmaydi. Shunga qaramasdan, ko’rgazmada namoyish qilingan asarlar sotilishi mumkin. Bunda sotilgan asar uchun to’langan mablag’ muallifga beriladi.
Talablar:
- Tanlovda istalgan davlatdan bo’lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
- Tanlovga zamonaviy san’atning haykaltaroshlik, fotografiya, rassomchilik va instalyatsiya yo’nalishlarida asarlar qabul qilinadi.
- Tanlovda saralanib, NordArt 2021 ko’rgazmasiga qo’yilishi rejalashtirilgan asarlarni ijodkor NordArt o’tkaziladigan hududga yuborishi kerak bo’ladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Ko’rgazmaga o’z asaringizni joylashtirish uchun 2020-yil 31-oktyabrgacha ariza topshirishingiz mumkin. Saralash jarayoni fevral oyida nihoyasiga yetadi va natijalar mart oyida e’lon qilinadi. Ko’rgazma iyun-oktyabr oylarida o’tkaziladi. Arizalar bu yerda to’ldiriladi. Ariza topshirish jarayoni bu yerda ko’rsatilgan.
Ishtirok etish huquqini qo’lga kiritgan mualliflar asarlarini 23-aprelgacha NordArt o’tkaziladigan maydonga jo’natishlari kerak bo’ladi:
Kunstwerk Carlshütte, NordArt, Vorwerksallee 3, 24782 Büdelsdorf, Germany.
Asarlar NordArt ko’magida sug’urta qilinadi va muallifning ixtiyorida qoladi. Asarni yetkazish va qayta olib kelish xarajatlari ijodkorning zimmasida bo’ladi.