×

NordArt 2024- zamonaviy san’at asarlari tanlovi; bosh mukofot – 10 000 yevro!


Grant

MUHLAT

13.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3047 marta

Shimoliy Germaniyada o’tkazib kelinadigan NordArt 2024 zamonaviy san’at ko’rgazmasi uchun ijodkorlardan san’at asarlari qabul qilmoqda.

NordArt ko’rgazmasi Yevropadagi zamonaviy san’at ko’rgazmalari ichida eng yirigi hisoblanadi. Ushbu ko’rgazma Germaniyaning ikki ochiq maydonida bo’lib o’tadi. Ulardan biri 22 000 kvadrat metrli ACO Wagenremise maydoni va ikkinchisi 100 000 kvadrat metrli haykaltaroshlik parki. Ko’rgazmaga har yili 100 000 dan ziyod kuzatuvchilar yig’iladi. Ko’rgazma bilan onlayn tarzda, virtual sayohat orqali tanishishingiz ham mumkin. Ko’rgazma va unda ishtirok etgan ijodkorlar haqida YouTube videolari ham mavjud.

Ko’rgazmaga, odatda, san’at asarlari yetkazish xizmatlari orqali yuboriladi. Ammo o’z asarlarini ko’rgazma maydoniga shaxsan o’rnatish istagidagi ijodkorlar “Artist in Residence” yo’nalishi bo’yicha ishtirok etishlari mumkin. Bunda ko’rgazma boshlanishidan bir muddat oldin yetib kelgan ijodkorlar bir necha kundan 4 haftagacha muddat oralig’ida o’z asarlarini maydonga yig’ishlari mumkin bo’ladi.

Ko’rgazmada dunyoning istalgan qismidagi ijodkorlar o’z asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Ko’rgazmada san’atning quyidagi yo’nalishlariga mos asarlar bilan ishtirok etishingiz mumkin:

  1. Haykaltaroshlik
  2. Fotografiya
  3. Rassomchilik
  4. Instalyatsiya.

Grant kimlar uchun?

Zamonaviy san’at ijodkorlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ko’rgazmada bir nafar g’olibga 10 000 yevro pul mukofoti taqdim etiladi. Kuzatuvchilar eng munosib deb topgan uch nafar ishtirokchi esa 1 000 yevro bilan mukofotlanadi.

NordArt ko’rgazmasi notijorat ko’rgazma hisoblanadi va ishtirokchi hamda kuzatuvchilardan hech qanday to’lov qabul qilmaydi. Shunga qaramasdan, ko’rgazmada namoyish qilingan asarlar sotilishi mumkin. Bunda sotilgan asar uchun to’langan mablag’ muallifga beriladi.

Talablar:

  • Tanlovda istalgan davlatdan bo’lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga zamonaviy san’atning haykaltaroshlik, fotografiya, rassomchilik va instalyatsiya yo’nalishlarida asarlar qabul qilinadi.
  • Tanlovda saralanib, NordArt 2024 ko’rgazmasiga qo’yilishi rejalashtirilgan asarlarni ijodkor NordArt o’tkaziladigan hududga yuborishi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ko’rgazmaga o’z asaringizni joylashtirish uchun BI023-yil 13oktyabrgacha ariza topshirishingiz mumkin. Saralash jarayoni fevral oyida nihoyasiga yetadi va natijalar mart oyida e’lon qilinadi. Ko’rgazma iyun-oktyabr oylarida o’tkaziladi. Arizalar bu yerda to’ldiriladi.

Ariza topshirish jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishing.

Ishtirok etish huquqini qo’lga kiritgan mualliflar asarlarini 2024-yil 19-aprelgacha quyidagi manzilga yuborishi kerak boʻladi:

Kunstwerk Carlshütte – NordArt
Vorwerksallee 3
24782 Büdelsdorf
Germany

Asarlar NordArt ko’magida sug’urta qilinadi va muallifning ixtiyorida qoladi. Asarni yetkazish va qayta olib kelish xarajatlari ijodkorning zimmasida bo’ladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!