×

Norvegiya: magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

3120 marta

Norvegiya Biznes Maktabi – Norwegian Business School 2019-yilning kuzida boshlanadigan magistratura kurslarida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar uchun MSc International Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant biznes va boshqaruv boʻyicha magistraturada oʻqishga loyiq kuchli akademik natijalarni koʻrsata olgan talabalar uchun moʻljallangan va bir yoki ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi toʻliq yoki qisman qoplab beriladi. Ayrim hollarda yashash xarajatlari uchun ham mablagʻ ajratilishi mumkin.

Norwegian Business Schoolning magistratura kurslarida oʻqish puli (kontrakt) 2019-yil uchun taxminan 12 400 AQSH dollari. Universitet kontrakt toʻlovlari haqida batafsil: SHU YERDA koʻrsatilgan.

*Grant shartlari nomzodning talab etilgan mezonlarga mosligiga koʻra oʻzgarishi mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. BI ga 2019-yilning kuzidan 1-kursga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Barcha baholar ECTS asosida koʻrib chiqiladi. Shu sababli, boshqa baholash tizimlarida boʻlgan baholar ECTSga oʻtkaziladi.
  4. Bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlishi talab etiladi.

Nomzodlarni saralash quyidagi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:

  • yuqori akademik yutuqlari va oʻzlashtirish koʻrsatkichi;
  • yozgan essesi;
  • oʻqishga ishtiyoqi.

Quyidagi nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin:

  1. Universitet bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan oliygohlar tomonidan tanlangan davlat vakillari yoki nufuzli magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan talabalarga.
  2. GMAT / GRE / CAT imtihonlarida yuqori natijaga erishganlariga.
  3. Birinchi marta magistraturaga oʻqishga kirgan nomzodlarga.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berishdan avval universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Hujjat topshirish jarayoni va tarkibi quyidagicha:

  1. Onlayn-ariza: SHU YERDA toʻldiriladi.
  2. Diplom va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va rasmiy tasdiqlangan nusxasi.
  3. GMAT kamida 600 ball, GRE 158 (Quantitative Reasoning) va 152 (Verbal) yoki shunga ekvivalent CAT sertifikati.
  4. TOEFL kamida 90 ball, IELTS kamida 6,5 yoki Cambridge Advanced C1.
  5. Motivatsion xat.
  6. Rezyume.
  7. Moliyaviy deklaratsiya. Yuklab olish: SHU YERDA.
  8. Pasport nusxasi.

Hujjatlar tarkibi haqida maʼlumotni yuklab olish: SHU YERDA.

Grantga ariza topshirish

  1. Arizaning qabul qilingan shakli mavjud emas. Shuning uchun nomzod nima uchun va qaysi xizmatlari uchun grantga loyiqligi haqida bir betdan oshmagan hajmda ariza yozadi.
  2. Yozilgan ariza oʻqishga qabul qilish haqidagi ariza bilan birga onlayn-portalga yuklanadi.

Dedlayn: 2019-yil 1-martgacha.

Grantning barcha shartlari haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.

Grant natijalari oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.

*Muhim! Kelgusi yil uchun grant muddatini uzaytirish uchun oʻzlashtirish koʻrsatkichini yuqori boʻlishi talab etiladi:

  1. Har bir semestrda 30 ECTS (100%) natijaga erishish zarur.
  2. Minimal oʻrtacha ball har bir semestr yakunida BI ECTS shkalasi boʻyicha kamida “B” boʻlishi kerak.
  3. MSc International granti sohiblari oʻquv jarayonida maʼruzachi sifatida faol ishtirok etib, taʼlim uchun qulay sharoit yaratishda yordam beradilar. Tegishli shart-sharoitlar stipendiya shartnomasida aks ettiriladi.

Bogʻlanish uchun: info@bi.no

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!