×

Norvegiya: Menejment magistratura kurslarida tahsil olish uchun toʻliq grant; bepul tibbiy sugʻurta; oylik stipendiya – 1 000 yevro; safar xarajatlariga 6 000 yevro beriladi!


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

3238 marta

Norvegiyaning Oslo universiteti Erasmus Mundus Joint Master Degree grant dasturi uchun talabalardan arizalar qabul qilmoqda. Dastur doirasida EMJMD Partner Country scholarships va EMJMD Programme Country scholarships grantlari mavjud. Grantlar 15 nafar nomzodga ajratiladi.

European Master in Health Economics and Management (Eu-HEM) dasturi 2 yilga moʻljallangan.

EMJMD Partner Country tarkibiga Yevropa Ittifoqiga a’zo boʻlmagan davlatlarning barchasi (jumladan, Oʻzbekiston), Programme Country tarkibiga esa Yevropa Ittifoqi, Yugoslaviya Makedoniya Respublikasi, Irlandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Turkiya kiradi. Shu sababli Oʻzbekistonliklar faqatgina EMJMD Partner Country scholarships dasturiga ariza bera oladilar.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

European Master in Health Economics and Management (Eu-HEM) da chet ellik, ya’ni Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat vakillari yiliga 6 000 yevro, toʻliq 2 yillik kurs uchun 12 000 yevro kontrakt toʻlab oʻqiydi. Oʻzbekistonliklar EMJMD Partner Country scholarships dasturiga ariza bera oladilar. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

EMJMD Partner Country scholarships:

  1. Yillik 6 000 yevro dan ikki yilga jami 12 000 yevro oʻqish haqini toʻliq qoplaydi.
  2. Tibbiy sugʻurta sarflari qoplanadi.
  3. Safar xarajatlari uchun 6 000 yevro pul beriladi.
  4. Installation coverage uchun 1 000 yevro pul beriladi.
  5. Yashash xarajatlari uchun 2 yil (24 oy)gacha har oyda 1 000 yevro beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod Norvegiyaning University of Osloda oʻqitiladigan Eu-HEM kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod avval EMJMD yoki Erasmus Mundus Master Course/Joint Doctorate scholarship dasturlarida qatnashmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Baholar kamida 75 % ijobiy boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod 4 yillik bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod Yevropa Ittifoqining boshqa grantlaridan moddiy yordam olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oxirgi 5 yil ichida mezbon davlatda oʻqimagan, ishlamagan yoki biror faoliyat olib bormagan boʻlishi lozim.
  • Bitta davlatdan koʻpi bian 3 ta nomzod qabul qilinishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. TOEFL 90 ball, IELTS kamida 6,5, PTE kamida 62 ball boʻlishi talab qilinadi.

Umumiy talablar: shu yerda. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar Oslo universitetining Eu-HEM kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Keyin grantga ariza beriladi. Oʻqish va grant dasturlari uchun 2019-yil dekabrgacha ariza berish mumkin.

Hujjatlar tarkibi va ularni topshirish quyidagicha:

  1. Hujjat topshirishdan avval Application process sahifasini batafsil oʻqib chiqing.
  2. Barcha hujjatlaringizni .pdf formatda tayyorlab oling.
  3. Soʻngra: shu yerdagi yoʻriqnoma asosida hujjat topshiring.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Deklaratsiya.
  2. CV/resume.
  3. Diplomning asl nusxasi va tarjimasi.
  4. Diplom ilovasining asli va tarjimasi.
  5. Motivatsion xat.
  6. Ingliz tili sertifikati.
  7. 2 ta tavsiyanoma.
  8. Pasportingizni skaner nusxasi.
  9. Yana boshqa hujjatlaringiz boʻlsa, ularni ham topshirasiz.

Shu yerda ariza toʻldiring va barcha tayyorlagan hujjatlaringizni tizimga yuklang.

Hujjat topshirihga oid barcha ma’lumotlar bilan: shu yerda, grant haqidagi ma’lumotlar bilan esa: shu yerda tanishing.

Maʻlumot uchun: Ola A. Magnussonga oslo@eu-hem.eu manzili orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!