×

Norvegiya: Magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

4481 marta

Norvegiyada joylashgan Norwegian Business School 2020-yilning kuzida boshlanadigan magistratura kurslarida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar uchun MSc International Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant biznes va boshqaruv boʻyicha magistraturada oʻqishga loyiq kuchli akademik natijalarni koʻrsata olgan talabalar uchun moʻljallangan va bir-ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Norwegian Business Schoolning magistratura kurslarida oʻqish haqi 2020-yil uchun taxminan 12 400 USD. Universitet kontrakt toʻlovlari haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi toʻliq yoki qisman qoplab beriladi. Ayrim hollarda yashash xarajatlari uchun ham mablagʻ ajratilishi mumkin.

Grant shartlari nomzodning talab etilgan mezonlarga mosligiga koʻra oʻzgarishi mumkin. Kelgusi yil uchun grant muddatini uzaytirish uchun oʻzlashtirish koʻrsatkichini yuqori boʻlishi talab etiladi:

  1. Har bir semestrda 30 ECTS (100%) natijaga erishish zarur.
  2. Minimal oʻrtacha ball har bir semestr yakunida BI ECTS shkalasi boʻyicha kamida “B” boʻlishi kerak.
  3. MSc International granti sohiblari oʻquv jarayonida maʼruzachi sifatida faol ishtirok etib, taʼlim uchun qulay sharoit yaratishda yordam beradilar. Tegishli shart-sharoitlar stipendiya shartnomasida aks ettiriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. BI ga 2020-yilning kuzidan 1-kursga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Barcha baholar ECTS asosida koʻrib chiqiladi. Shu sababli, boshqa baholash tizimlarida boʻlgan baholar ECTSga oʻtkaziladi.
  4. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Nomod a’lochi boʻlishi kerak, ya’ni oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlishi talab etiladi.
  7. Universitet bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan oliygohlar tomonidan tanlangan davlat vakillari yoki nufuzli magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan talabalarga koʻproq imkoniyat berilishi mumkin.
  8. GMAT / GRE / CAT imtihonlarida yuqori natijaga erishgan nomzodlarga ustunlik beiladi.
  9. Birinchi marta magistraturaga oʻqishga kirgan nomzodlarga koʻproq imkoniyat.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berishdan avval universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Keyin grantga alohida ariza beriladi. Dedlayn – 2020-yil 1-martgacha.

Hujjat topshirish jarayoni va tarkibi quyidagicha:

  1. Onlayn-ariza: shu yerda toʻldiriladi.
  2. Diplom va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va rasmiy tasdiqlangan nusxasi.
  3. GMAT kamida 600 ball, GRE 158 (Quantitative Reasoning) va 152 (Verbal) yoki shunga ekvivalent CAT sertifikati.
  4. TOEFL kamida 90 ball, IELTS kamida 6,5 yoki Cambridge Advanced C1.
  5. Motivatsion xat.
  6. CV/resume.
  7. Moliyaviy deklaratsiya. Yuklab olish: shu yerda.
  8. Pasport nusxasi.

*Hujjatlar tarkibi haqida maʼlumotni yuklab olish: shu yerda.

Grantga ariza topshirish

Arizaning qabul qilingan shakli mavjud emas. Shuning uchun nomzod nima uchun va qaysi xizmatlari uchun grantga loyiqligi haqida bir betdan oshmagan hajmda ariza yozadi. Yozilgan ariza oʻqishga qabul qilish haqidagi ariza bilan birga onlayn-portalga yuklanadi.

Grantning barcha shartlari haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.

Natijalar dedlaydan keyin imkon qadar tez eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: info@bi.no

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!