×

Norvegiyada talabalar festivali: xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan grantlar ajratiladi; umumiy kvota – 500 ta!


Grant

MUHLAT

27.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

5986 marta

Eslatma: Grantlar.uz jamoasi hozirgina (7-sentabr, 18:43) pandemiya sababli mazkur dasturga bu yili faqat Yevropada yashovchi talabalargina qatnasha olishi haqidagi eʼlondan xabar topdi. Faqat Yevropa universitetlarida oʻqiyotgan va Yevropada boʻlgan oʻzbek talabalari bu yilgi qabul uchun hujjat topshirishi mumkin.

Norvegiyaning Studentersamfundet tashkiloti gʻoyasiga koʻra tashkil etilgan 2021-yilgi International Student Festival in Trondheim (ISFiT)dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Festival Norvegiyaning Trondheim shahrida har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinadi. ISFiT dunyodagi eng yirik talabalar festivali boʻlib, u 1990-yildan boshlab tashkillashitirib kelinadi va tashkil etilganidan beri minglab talabalarni oʻziga jalb qilgan. Festivalda talabalarni madaniyatlar oʻrtasidagi toʻsiqlarni yoʻqotishga undaydigan turli koʻngilochar tadbirlar bilan birga dunyoning turli jiddiy masalalariga yechim izlash uchun muhokamalar ham boʻladi. Festival 2021-yil fevral oyida boʻlib oʻtadi. 2021-yilgi festival mavzusi – “Creating Knowledge”.  Festivalda kreativ bilimlarga oid mavzularda turli mashgʻulotlar bilan birga koʻngilochar konsertlar va sahoyatlar ham boʻladi. Festivalda 500 nafardan ortiq talaba ishtirok etishi rejalashtirilgan. Festivalga qabul qilingan talabalar 10 kun davomida norvegiyalik mahalliy oilalarga joylashtiriladilar va shu orqali Norvegiyadagi hayot va madaniyat bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dasturdan turli nutqlar, ko’ngilochar tadbirlar, sayohat va boshqalar o’rin olgan.

 

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Festivalda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan barcha (500 nafar) nomzodlar uchun quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Tadbirlarda bepul ishtirok etish;
  • Shaharda harakatlanish uchun transport xarajatlari;
  • Bepul turar joy (Norvegiyalik oilalar bilan birga yashaladi);
  • Kuniga 3 mahal bepul ovqat.

Ayrim hollarda tashkilotchilar Norvegiyaga borish va kelish uchun chipta xarajatini ham qoplab beradi, lekin chipta uchun moddiy yordam kamdan-kam hollarda ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  3. Nomzod talaba boʻlishi lozim.
  4. Nomzod festival davomida tashkilotchi tomonidan taqdim etilgan barcha tadbirlar hamda «Creating Knowledge” workshopda qatnashishi zarur.

Tanlov boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 7-sentyabrdan 27-sentyabrgacha qabul qilinadi. Festivalda ishtirok etish uchun bu yerda onlayn ariza topshirish kerak boʻladi.

Hujjatlar tarkibi va topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ariza topshirish uchun avvaliga tizimda shaxsiy profil yarating.
  2. Ariza toʻldirish jarayonida:
    • motivatsion xat;
    • moliyaviy koʻmakka muhtoj boʻlsangiz, buning sababi;
    • qaysi mavzudagi munozalarda qatnashishni xohlashingiz, buning s

Ma’lumot uchun recruitment@isfit.no elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar sahifasidagi ma’lumotlarni koʻrib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!