×

Novartis Reimagining Healthcare Scholarship: Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

12.09.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1921 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakarlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 22-25-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Novartis tashkiloti mazkur sammitda ishtirok etishni xohlagan sogʻliqni saqlash sohasi vakillari uchun Novartis Reimagining Healthcare Scholarship grantini taklif etmoqda. Grant 10 nafar ishtirokchiga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Sogʻliqni saqlash sohasidagi 18-30 yoshli yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo;ladi:

  • 2022-yil, 22-25-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammtida ishtirok etish.
  • Sammit davomida mehmonxona bilan taʼminlanadi.
  • Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi (ekonom klass).
  • Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
  • Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Sammit boshlanganida 18-30 yosh oraligʻida boʻlish kerak.
  • Isatlgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladi.
  • Novartis xodimlari bu grantga ariza topshira olmaydi.
  • Nomzodlar sogʻliqni saqlash sohasiga maʼlum darajada ijobiy taʼsir koʻrsatishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida boʻladi).

Saralash jarayoni

One Young World qabul komissiyasi arizalarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • Namoyish etilgan yetakchilik qobiliyati.
  • Sogʻliqni saqlash va sagʻliqni saqlashga asoslangan tashabbuslar doirasida ijobiy oʻzgarish qilishga boʻlgan qatʼiyat.
  • Taʼsirga ega va innovatsion gʻoyalarni yaratish tajribasiga egalik.
  • Oʻz ishida asosiy mahalliy va/yoki global sogʻliqni saqlash muammolarini hal qilish.
  • Global masalalarni yaxshi tushunish.
  • Koʻnikmalar: hamkorlikda ishlovchi, ijodkor, ishtiyomand.

One Young World tomonidan tanlangan nomzodlar grantga saralashning ikkinchi bosqichiga oʻtadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2021-yilning 12-sentabrigacha onlayn shaklda BU YERDA qabul qiliinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!