×

Novartis Reimagining Healthcare Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

15.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2023 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2023-yildagi One Young World sammiti Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastda, 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Novartis tashkiloti mazkur sammitda ishtirok etishni xohlagan sogʻliqni saqlash va ruhiy salomatlik sohasidagi ijtimoiy tadbirkorlar hamda ularning tashabburlari uchun Novartis Reimagining Healthcare Scholarship grantini taklif etmoqda. Grant 10 nafar ishtirokchiga ajratiladi.

Bu grantlar sogʻliqni saqlash va ruhiy salomatlik sohasidagi eng dolzarb muammolarni yechishga eʼtiborini qaratuvchi yetakchilar (ijtimoiy tadbirkorlar), jumladan, tibbiyot xodimlari, hamshiralar, volontyorlar va tibbiyot sohasi talabalari uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Sogʻliqni saqlash va ruhiy salomatlik sohasidagi 18-30 yoshli yetakchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan 10 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari Belfastda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona taʼminlanadi.
  • Belfastga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Sammit boshlanganida 18-30 yosh oraligʻida boʻlish kerak.
  • Isatlgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladi.
  • Novartis xodimlari bu grantga ariza topshira olmaydi.
  • Nomzodlar sogʻliqni saqlash sohasiga maʼlum darajada ijobiy taʼsir koʻrsatgan boʻlishi kerak.
  • Yetakchilik salohiyatiga ega boʻlish kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida boʻladi).

Shuningdek, nomzodlar muayyan mezonlar asosida saralanadi. Bu mezonlar bilan BU YERDA batafsil tanishing (Selection process).

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ham arizalar 2023-yil 15-maygacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!