×

NSS’dan tanlov: koinotda yashash joylari loyihasini yaratib, 5 000 AQSh dollari va xalqaro konferensiyaga yo’llanmaga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1321 marta

AQShning National Space Society (NSS) tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan Space Settlement Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov 1994-yildan buyon NASA hamkorligida o’tkazib kelinadi. 2019-yildan boshlab NSS tanlov hamkoriga aylangan.

Space Settlement Contest tanlovi dunyoning barcha mamlakatlaridan bo’lgan maktab  (majburiy ta’limning 12-yiligacha bo’lgan kurslari) o’quvchilari uchun tashkil etilgan. 

Tanlovda koinotda yashash joylari tashkil etish mavzusida tayyorlangan dizayn, tadqiqot, loyiha, insho, maket, san’at asari va boshqalar bilan ishtirok etish mumkin. Bunda koinotdagi bo’sh hududlarda doimiy yashash joylarini qanday tashkil qilish mumkinligi haqidagi muallif fikrlari ochib berilishi kerak. Tanlovga biror sayyora, yoki, masalan, oyda qurish mo’ljallangan reja qabul qilinmaydi. Bunday sayyoralar faqat ba’zi xom ashyolarni qazib olish va ta’mirlash ishlari kabi ba’zi jarayonlar uchun manba sifatida ko’rsatilishi mumkin, ammo g’oya koinotdagi bo’sh hududlarni egallashga qaratilgan bo’lishi kerak.

Tanlovga qabul qilingan hamda g’olib deb topilgan ba’zi loyihalar:

Stern Habitat – 2020-yil g’olibi

ASM Corporos – 2019-yil g’olibi

Cicada va Tourist Guide – 2018-yil g’olibi. Boshqa yillar g’oliblari

Tanlovda quyidagi kategoriyalar bo’yicha ishtirok etishingiz mumkin:

  • 7-sinf va undan kichik sinf o’quvchilari 
  • 8-sinf o’quvchilari
  • 9-sinf o’quvchilari
  • 10-sinf o’quvchilari
  • 11-sinf o’quvchilari
  • 12-sinf o’quvchilari

Grant kimlar uchun?

Maktab o'quvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tanlovga taqdim etilgan eng yaxshi g’oya uchun Herman Rubin Award mukofoti sifatida 5 000 AQSh dollari taqdim etiladi.
  • Tanlovning barcha ishtirokchilari 2021-yilda o’tkaziladigan NSS International Space Development Conference (ISDC) konferensiyasiga taklif etiladilar. Konferensiya haqida
  • Ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

  • Tanlov 12-sinfgacha bo’lgan maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan. O’zbekistonlik o’quvchilar ham ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovda bir ishtirokchi bo’lib, 2-5 a’zodan iborat guruh sifatida, yoki 6-12 kishilik guruh bo’lib qatnashish mumkin.
  • Tanlovda 7-sinfgacha bo’lgan ishtirokchilar alohida, 7-sinfdan katta ishtirokchilar alohida baholanadilar.
  • Tanlovda asosiy mukofot yoshidan qat’i nazar, eng yaxshi loyiha uchun beriladi.
  • Tanlovda ishtirok etish uchun bir ishtirokchi uchun, yoki bitta guruh uchun 15 AQSh dollari to’lovni amalga oshirish kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan loyiha yozilgan hujjat hajmi 50 sahifadan oshmasligi kerak. Loyihani uzunroq usulda izohlash juda zarur bo’ladigan vaziyatlar bundan mustasno. Bitta loyihaning turli qismlari taxminan 1-10 ta alohida PDF yoki JPG fayllari orqali ko’rsatilishi mumkin. Bunday fayllarning har biri 24 MBdan oshmasligi zarur.
  • Ishtirokchi o’quvchilar o’qituvchilar va ota-onalar yordamidan foydalanishlari mumkin, ammo g’oya va asosiy ishning o’zi o’quvchiga tegishli bo’lishi zarur.
  • Tanlovga topshirilgan loyihalarda matn va suratlar boshqa manbalardan olinganda manba ko’rsatilishi zarur. Barcha qoidalar va tanlov nizomi bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga dekabr oyidan boshlab 15-fevralgacha ariza berish mumkin. Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Arizalar qabul qilinadigan tizim hozirda yopiq. Tizim dekabr oyida ishga tushadi. 

Tanlov uchun dizayn loyihalari tayyorlashda bu yerdagi manbalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!