×

Buyuk Britaniya: doktorantura uchun 100% grant va 1000 funt sterling oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

08.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1786 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Nottingem Universitetining Faculty of Engineering Research Excellence PhD Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi Muhandislik fakulteti doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli chet ellik tadqiqotchilarga beriladi. Grant dasturidan asosiy maqsad umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish. Muhandislik fakulteti tarkibidagi doktorantura kurslari:

Architecture (Science) – PhD

Architectural Design (Social Science) – PhD

Architecture (Social Science) – PhD

Building Technology PhD

Civil Engineering PhD

Chemical Engineering PhD

Efficient Fossil Energy Technologies EngD

Electrical and Electronic Engineering PhD

Electrical and Electronic Engineering MRes

Engineering Surveying and Space Geodesy PhD

Environmental Engineering PhD

Hydrogen Fuel Cells and their Applications PhD

Human Factors PhD

Manufacturing Technology EngD

Manufacturing Engineering PhD

Materials Engineering and Materials Design PhD

Mechanical Engineering PhD

Non-destructive Evaluation EngD (Engineering Doctorate)

Sustainable Energy Technology PhD

Sustainable Chemistry Centre for Doctoral Training

Biotechnology and Biological Sciences Doctoral Training Programme

Additive Manufacturing and 3D Printing Centre for Doctoral Training

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talaba o’qish kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi va unga oyiga 1015 funt sterling stipendiya beriladi. Grant 3 yil davomida har yili beriladi. Nomzod grant olishda davom etishi uchun o’qish davomida har yili o’zini namunali tutishi va a’lo baholarga o’qishi kerak bo’ladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Nottingem universitetida o’qitiladigan to’liq stavkali Muhandislik kurslariga talabalikka tavsiya etilgan bo’lishi va o’qishni 2019-yil 1-oktabr va 2020-yil 1-fevral oralig’ida boshlashi kutilaytgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod muhandislikka yaqin va mos sohalardagi bakalavr yoki magistratura kurslaridan imtiyozli diplomlarga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod jahonning yetakchi tadqiqotchilari bilan ishlashga tayyor, shijoatli, tirishqoq, ilmga chanqoq va sohasiga qiziquvchi shaxs bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ish tajribasiga ega bo’lishi hamda nashrlar, mukofotlar va shu kabi boshqa yutuqlarga erishgan bo’lishi kerak.

Kursga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod bakalavr va magistratura kurslarida tahsil olgan bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning bakalavr va magistratura diplomlari yo’nalishi u olib bormoqchi bo’lgan tadqiqot va kurs mavzulariga mos bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tiliga qo’yilgan talablar turli kurslar uchun turlicha bo’lishi mumkin, shuning uchun har bir kurs uchun mahsus qabul talablari bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi. Odatda, qabul uchun ingliz tilidan kamida B2 darajasi talab etiladi.
  4. Nomzod o’zi tanlagan mavzuda tadqiqot taklifi tayyorlashi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Doktorantura kurslariga hujjat topshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. O’zingiz uchun kurs tanlang.
  2. Shu kurs uchun qabul talablari bilan tanishib chiqing. Bu yerda muhandislik bo’yicha doktorantura kurslari ro’yxati mavjud, shu ro’yxat ichidan sizni qiziqtirgan kurs sahifasiga kirib, qabul talablari, kontrakt miqdori, ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot, hujjat topshirish va shu kabi muhim ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
  3. Shu kurs doirasida tadqiqot mavzusi tanlang.
  4. Tadqiqot taklifi
  5. Endi o’zingiz uchun ilmiy rahbar topishingiz va u bilan hamkorlik uchun kelishib oling.
  6. Bu yer orqali doktorantura kursiga hujjat topshiring.

Hozirda tadqiqot olib borish mumkin bo’lgan mavzularning to’liq ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grantga hujjat topshirish uchun avval kursga o’qishga qabul qilinish shart. Talabalikka tavsiya etilgach, talaba “MyNottinghamportalidagi akkauntining “Scholarships” bo’limi orqali barcha grantlarga, jumladan, bu grantga ham ariza topshirishi mumkin bo’ladi. Grantga ariza berish uchun nomarizalar 2019-yil 8-martga qadar qabul qilinadi.

Muhim havolalar:

  1. Muhandislik fakulteti haqida savol-javoblar
  2. Hujjat topshirish haqida batafsil
  3. O’zbekistonlik nomzodlar uchun qabul talablari
  4. Universitet bilan bog’lanish
  5. Grant yutib olgan talabalar haqida

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!