AQShning Nyu York shahridagi Doctors without borders/Médecins Sans Frontières (MSF-USA) tashkilotining haq to’lanadigan amaliyot dasturlariga turli soha vakillaridan arizalar qabul qilinmoqda. Dastur davomida amaliyotchilar tashkilotdagi turli bo’limlar xodimlariga yordamlashgan holda amaliy tajribaga ega bo’lish bilan birga tibbiy yordam ko’rsatish va targ’ibot ishlari haqida asosiy bilimlar bilan tanishadilar.
Hujjat topshirish muhlati
- Bahorgi amaliyot dasturi uchun (2018-yil 29-yanvardan 18-maygachgacha davom etadi) – 31-dekabr;
- Yozgi amaliyot dasturi uchun (2018-yil 29-maydan 24-avgustgacha davom etadi) – 18-aprel;
- Kuzgi amaliyot dasturi uchun (2018-yil 4-sentabrdan 18-dekabrgacha davom etadi) – 4-avgust.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr darajasiga ega ko’ngillilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu amaliyot dasturida soatiga 13.50 AQSh dollari miqdorida haq to’lanadi.
Talablar:
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar
- Tarjimai hol
- Biriktirilgan xat (cover letter)
Hujjat topshirish jarayoni
Tarjimai hol va biriktirilgan xatlar internships@newyork.msf.org manziliga jo’natilishi zarur. Elektron pochta orqali hujjat jo’natayotganda xatning mavzu satri quyidagicha bo’lishi lozim: agar nomzod “IT internship for the summer” dasturiga ariza topshirayotgan bo’lsa xatning mavzu satri “IT intern-summer 2018” bo’lishi kerak. Hujjatlar iloji boricha PDF yoki Microsoft Office Word formatlarida bo’lishi zarur. Agar bittadan ortiq dasturga ariza topshirilayotgan bo’lsa, har bir dastur uchun ko’rsatilgan namunadagidek alohida elektron xat jo’natilishi kerak.
Qo’shimcha malumotlar:
- Dastur uchun nomzodlar raqobat asosida tanlanadi.
- Katta hajmdagi arizalar kelib tushishi sababli faqatgina saralab olingan nomzodlargagina javob yo’llanadi.
- Arizalar yil davomida qabul qilinadi va nomzod bir nechta dasturga baravariga ariza topshirishi mumkin. Agar u saralashdan muvaffaqqiyatli o’tsa eng erta boshlanadigan dastur uchun javob yuboriladi.
- Amaliyotchi bo’lish uchun nomzod AQShda ishlash huquqiga ega bo’lishi kerak. Tarjimai holida Nyu Yorkda yashamasligi ko’rsatilgan nomzod amaliyot uchun Nyu Yorkka kela olishini biriktirilgan xatida (cover letter) aniq qilib ko’rsatishi shart.
- Barcha nomzodlar amaliyot mobaynida Nyu Yorkda yashashlarini o’zlari taminlashga mas’uldirlar. Agar nomzodning tarjimai holi uning Nyu Yorkda yashamasligini ko’rsatsa, u biriktirilgan xatida amaliyot uchun Nyu Yorkka kela olishini aniq ko’rsatishi shart.
Tashkilot quyidagi amaliyot lavozimlarini taklif etadi:
- Access Campaign Comms Intern
- Access Campaign Vaccines Intern
- Access HIV and Tuberculosis Policy Intern
- Access Intern
- Corporate Relations Intern
- Desk Intern
- Editorial and Multimedia Intern
- Epicentre Intern
- Executive Intern
- Exhibition Intern
- Field Human Resources Intern
- Field Partner Intern
- Finance Intern
- Foundations Intern
- Fundraising Events Intern
- Grants Intern
- Health Information Systems Intern (Mobile Health Application for Seasonal Malaria Chemoprevention)
- Human Resources Intern
- IT Intern
- Major Gifts Intern
- Major Gifts Prospect Research Intern
- Marketing Intern
- Medical and Operational Research Intern
- Medical Editing Intern
- Office Services Intern
- Planned Giving Intern
- Press Intern
- Program Intern
- Public Events Intern
- Recruitment Events Intern
- Social Media Intern
- Video Intern
Yuqoridagi lavozimlar va ularning vazifalari haqida batafsil SHU YERDA tanishing.